Moldovalik oligarx Ilan Şor Rossiyaga qoçib ketganidan söng, Rossiya Federatsiyasining Ukrainaga qarşi tajovuzkor uruşi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasiga qarşi joriy etilgan sanksiyalarni çetlab ötiş bilan şuğullanuvçi törtta kompaniyadan iborat tarmoqni yaratdi, deyiladi 11 oktyabr, juma kuni çop etilgan «Rise Moldova» naşri suriştiruvida. Uşbu firmalar, sanksiyalar çeklovlariga qaramay, Rossiya biznesiga xalqaro bozorlarda böliş imkonini beradi, tölovlarni amalga oşiriş, kreditlar oliş va tölov tizimini boşqariş xizmatlarini taqdim etadi, deyiladi suriştiruvda. 

Şor şirkatlarining eng muhimi A7 bölib, uning asosiy uluşiga egalik qiladi va 49 foizi Ğarb sanksiyalari ostida qolgan Rossiyaning «Promsvyazbank»iga tegişli. «Uşbu Rossiya banki Moldova oligarxi tomonidan saylovçilarga kelasi hafta referendumga «yöq» deyiş va nomi Telegram ilovasi orqali Moskvadan yuboriladigan nomzodga ovoz beriş uçun foydalanilmoqda», deb yozadi «Rise Moldova» suriştiruvçilari. Avvalroq ma’lum bölişiça, birgina sentabr oyining özida «Promsvyazbank» orqali 130 ming moldovalikning hisob raqamlariga 15 million dollar (taxminan 13,5 million yevro) ötkazilgan, ular mamlakatning Yevropa yöliga qarşi ovoz berişi rejalaştirilgan.

Moldova RFni Yevroittifoq böyiça referendum iştirokçilariga pora berganlikda aybladi

Rossiya rossiyaparast oligarx Ilan Şorning «mafiya» tarmoği orqali Moldovaning 130 ming fuqarosi hisobiga bölajak referendumda ular mamlakatning Yevropa Ittifoqiga kirişiga qarşi ovoz berişlari uçun 15 million dollardan ortiq mablağ ötkazdi. Bu haqda 3 oktyabr kuni Politico naşri Moldova politsiyasi boş inspeksiyasi rahbari Viorel Cernautianaga tayanib xabar berdi. Uning sözlariga köra, «Moldova gibrid uruş va dezinformatsiya bilan birgalikda saylovçilarning misli körilmagan sotib olinişiga duç kelmoqda». Aniqlik kiritilişiça, birgina sentabr oyida mamlakat fuqarolariga 15 million dollar ötkazilgan.

Tergov ma’lumotlariga köra, hozirda taqiqlangan xuddi şu nomdagi rossiyaparast partiya asosçisi Ilan Şor (aprel oyida u Moskvada Moldova partiyalarining rossiyaparast «Ğalaba» blokini tuzgan va uning raisi bölgan) saylovçilarga pora beriş uçun möljallangan mablağlarni banklar tarmoği orqali yuvişga yordam bergan.

Moldovada Şor bank firibgarligi uçun sirtdan 15 yillik qamoq jazosiga hukm qilindi.

«Moldova: aktualno» naşri Ilan Şor iştirok etgan sxema tafsilotlarini e’lon qildi. Ötkazmalar Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi tomonidan nazorat qilinadigan «Yevraziya» avtonom notijorat taşkiloti va Promsvyazbank orqali amalga oşirildi. Pulni olgan hududiy koordinatorlar uni «beqarorlaştiruvçi harakatlar» uyuştiriş uçun öz tarafdorlariga topşirgan.