Ayollarning mehnat bozoridagi örnini örgangan Harvard universiteti iqtisodçisi Klaudiya Goldin 2023 yilgi iqtisod böyiça Nobel mukofotini qölga kiritdi.

“Iqtisodiyot fanlari böyiça bu yilgi ğolib Klaudiya Goldin asrlar davomida ayollarning daromadlari va mehnat bozoridagi iştiroki haqida birinçi bölib töliq ma’lumotni taqdim etdi. Uning tadqiqotlari mehnat bozoridagi gender farqlarining asosiy omillarini oçib berdi.

Ayollar jahon mehnat bozorida juda kam uluşga ega va erkaklardan köra kamroq daromad köradi. Iqtisodçi arxivlarni örganib çiqib, AQŞ misolida 200 yillik ma’lumotlarni töpladi, bu unga vaqt ötişi bilan daromadlar va bandlik darajasidagi gender farqlari qanday va nima uçun özgarganini körsatişga imkon berdi”, deyiladi Şvetsiya Fanlar akademiyasi xabarida.

Goldin sönggi ikki asr davomidagi statistik ma’lumotlarni örganib çiqdi va nima uçun ayollar erkaklarnikiga qaraganda kamroq maoş olişi va mehnat bozorida kamroq iştirok etişini aniqladi. Uning tadqiqotlari ijtimoiy va tibbiy taraqqiyot ayollar huquqlari izçil yaxşilanişini kafolatlamasligini isbotladi.

“Ayollarning mehnat bozoridagi rolini tuşuniş jamiyat uçun muhim ahamiyatga ega. Klaudiya Goldinning innovatsion tadqiqotlari tufayli asosiy omillar va kelajakda qanday tösiqlarni bartaraf etiş zarurligi haqida köproq ma’lumotga ega böldik”, deydi Iqtisodiyot böyiça mukofot qömitasi raisi Yakob Svensson.

Ma’lumot uçun, 77 yoşli Goldin iqtisodiyot yönalişida Nobel mukofotiga sazovor bölgan uçinçi ayol tadqiqotçi hisoblanadi.

Sönggi yillardagi iqtisodiyot böyiça Nobel mukofoti ğoliblari

Bir neça yildan beri iqtisodiyot yönalişidagi Nobel mukofoti amerikalik tadqiqotçilarga nasib etmoqda.

  • 2018 yilda Uilyam Nordxaus va Pol Romer innovatsiyalar, iqlim va iqtisodiyot sohalaridagi tadqiqotlari uçun;
  • 2019 yilda Abxijit Banerji, Ester Dyuflo va Maykl Kremer global qaşşoqlikka qarşi kuraşdagi eksperimental yondaşuvlari uçun;
  • 2020 yilda Pol Milgrom va Robert Uilson kimoşdi savdosi nazariyasini takomillaştirgani va yangi auksion şakllarini ixtiro qilgani uçun;
  • 2021 yilda Devid Kard, Joşua Engrist va Gvido Imbens oddiy kundalik hayotdagi “tabiiy tajribalar”ning jamiyat farovonligiga ta’sirini örganişdagi innovatsion tadqiqotlari uçun;