Eron bilan öyindagi ğalaba bizga qöşimça oçkolardan taşqari, keyingi öyinlar uçun yaxşigina ustunlik bergan bölardi. Şu ma’nodaki, har qanday davraviy musobaqada jamoalar maqsadga yetiş uçun qançadir oçko olişni rejalaştiradi va öyinlarning oğir-yengilligiga qarab, uşbu oçkolarni taqsimlaydi. Masalan, ba’zi öyinlarda ğalaba qozoniş şart, çunki asosiy raqiblar ham öşa jamoaga qarşi öyinda yöqotişga uçramasligi mumkin, ba’zi öyinlarda esa, durang ham qoniqtiradi yoki mağlubiyat u qadar oğriqli qabul qilinmasligi mumkin.
Şu jihatdan, Eron bilan Toşkentda durang öynaş qoniqarli natija bölsa-da, öyinning ma’lum pallasida bir kişi köp bölib qolib, ğalabaga imkoniyat paydo bölgani biz uçun qöşimça bonus yaratişi mumkin edi. Uç öyindan söng 9 oçkoga ega böliş rejadagidan ham köproq, ya’ni biz oçko töplaş rejimida oldinga çiqib olardik. Bu jamoamizni qöşimça bosimdan xalos qilar, futbolçilarda har qanday öyinda xato qiliş imkoniyatini taqdim etgan bölar, qaysidir pallada kutilmagan oçkolarni yöqotiş ham u qadar oğriqli bölib çiqmasdi.
Mayli, bölar iş böldi. BAAga qarşi öyin Eronga nisbatan yengilroq tuyulsa-da, aynan bosim nuqtayi nazaridan oğirroq. Çunki, BAAga qarşi yutqazişga haqqimiz yöq, durang ham Eron bilan bölgani qadar yengil qabul qilinmasligi mumkin. Qoniqarsiz natija bizni oçko töplaş rejimida orqada qoldiradi, xato qiliş imkoniyatimizni kamaytirib, keyingi öyinlar oldidan keradigan ortiq bosimga duçor kelişi mumkin.
Jahon çempionatiga töğridan töğri çiqiş uçun biz guruhdagi dastlabki ikki örindan birini egallaşimiz kerak. Soddaroq qilib aytganda, guruhda birinçi va ikkinçi örin emas, ikkita birinçi örin bor – ikkalasiyam jahon çempionatiga çiqadi.
Demak, mantiqli savol tuğiladi, ikkinçi örindan pastga tuşib ketmasligimiz uçun neça oçko töplaşimiz kerak?
Tabiiyki, bu savolga javob guruhdagi boşqa natijalarga ham boğliq. Lekin, bizning guruh uçun aniq neça oçko kerakligini bilmasak ham, umumiy olib qaraganda şu kabi guruhlarda ikkinçi örin uçun eng kami neça oçko kerak bölganinini avvalgi musobaqalarga qarab bilib oliş mumkin.
Şu kungaça jahon futboli tarixida oltita jamoadan iborat hozirgi biz öynayotgan format bilan bir xil guruhlar Osiyoda ikki marta, Yevropada 33 marta kuzatilgan.
Futbol tarixidagi barça olti jamoalik guruhlardagi natijalar:

Jadvalga nazar solinsa, Osiyoda oltitalik guruh endi boşlandi, ötgan Jahon çempionati saralaşida, biz yakuniy bosqiçga çiqa olmagan musobaqada birinçi marta qöllandi. Öşanda A guruhida Janubiy Koreya 23 oçko bilan, V guruhida Yaponiya 22 oçko bilan ikkinçi örinlarni egallaşgan. A guruhida BAA 12 oçko bilan, V guruhida Avstraliya 15 oçko bilan uçinçi örinda qolib ketgan. Demak, tört yil oldin şu bosqiçda








