Rossiya brokerlik hisoblaridagi norezident aktivlari ikki yil içida birinçi marta kamaydi. Bu haqda «Kommersant» Rossiya Banki ma’lumotlariga tayanib yozdi.

Qayd qilinişiça, 2024 yil ikkinçi çoragi yakuniga köra, xorijiy mijozlardan tuşgan mablağlar hajmi 9,6 foizga qisqarib, 1,77 trillion rublni taşkil etgan. Hisob-raqamlar soni 2 foizga oşib, 30,5 mingtaga yetgan. Aktivlarning kamayişiga yuridik şaxslar tomonidan 189,3 milliard rubl qaytarib olinişi sabab bölgan.

Ta’kidlanişiça, bu pasayiş fond bozoridagi özgarişlar va Amerikaning «Moskva birjasi»ga nisbatan sanksiyalari bilan boğliq.

«Moskva birjasi» (MOEX) indeksi çorak davomida 5,5 foizga tuşib, 3154 punktni taşkil qilgan. AQŞ çeklovlari Milliy kliring markazi va Milliy hisob-kitob depozitariysiga ham ta’sir körsatgan.

Xabarga köra, aktivlarning eng katta qisqarişi xalqaro ofşorlar va qöşni mamlakatlardan kelgan mijozlar orasida kuzatilmoqda. Jumladan, Ozarboyjon investorlarining sarmoyasi 65 foizga, 0,5 milliard rublgaça, Özbekiston investorlariniki – 30 foizga, 59,7 milliard rublgaça, Qozoğiston investorlariniki – 20 foizga, 185,8 milliard rublgaça qisqargan. Xabarda investorlarning nomlari keltirilmagan.

Qayd qilinişiça, «Moskva birjasi»ga qarşi sanksiyalarning kuçga kirişi munosabati bilan 2024 yil uçinçi çoragida mablağlarning çiqib ketişi davom etadi.

Avvalroq, Qozoğiston fond birjasi (KASE) sanksiyalar tufayli «Moskva birjasi» bilan aloqalarni uzgani haqida xabar berilgan edi.