Hujjat bilan quyidagilarni nazarda tutuvçi Taqsimlaş elektr tarmoqlaridan foydalaniş qoidalari tasdiqlandi:
• operatorlarning majburiyatlari va javobgarligini belgilaş orqali taqsimlaş tizimlarining işonçli va barqaror işlaşini ta’minlaş;
• iste’molçilar va kiçik elektr generatorlarini taqsimlaş tarmoqlariga ulaş;
• elektr energiyasining sifatini va iste’molçilarni elektr ta’minotining barqarorligini oşiriş;
• taqsimlaş tizimlaridan samarali va xavfsiz foydalanişni taşkil etiş hamda barça foydalanuvçilar uçun teng şaroitlar yaratiş;
• taqsimlaş tarmoqlaridan oqilona va şaffof foydalaniş şartlarini belgilaş maqsadida elektr energiyasining ulgurji va çakana bozori iştirokçilari uçun umumiy texnik talablarni örnatiş.
Energetika vazirligi taqsimlaş tizimining işonçlilik körsatkiçlarini belgilaş, hisobga oliş va hisobot berişning yagona tizimini joriy etadi.
Taqsimlaş tizimlari operatorlari yuklama ziçligi, taqsimot (sotuv) tuzilmasi, xizmatlar qiymati, işçi kuçlaniş va boşqa körsatkiçlar kabi xususiyatlarga asosan turli toifalarga guruhlanadi. Şuningdek, ular Energetika vazirligi tomonidan maqsadli körsatkiçlarini işonçlilik va samaradorlikning haqiqiy körsatkiçlari bilan taqqoslaş orqali har yili baholanadi.








