Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, dunyoda 1,1 milliard odam öta qaşşoqlikda yaşayapti va ularning deyarli yarmi — 455 million kişi mojaro yoki beqarorlik mavjud mamlakatlarda istiqomat qiladi.

Naşr 17 oktyabr – Xalqaro qaşşoqlikka barham beriş kuniga bağişlandi, deb xabar bermoqda BMT matbuot xizmati.

Birlaşgan Millatlar Taşkilotining Taraqqiyot dasturi (BMTTD) va Oksford universiteti 6,3 milliard aholi istiqomat qiladigan 112 davlatning ön yil davomidagi statistik ma’lumotlarini tahlil qildi va 20 ta davlatda qöşimça sörov ötkazdi.

Iş natijalariga köra, «köp ölçovli» yoki öta qaşşoqlik deb ataladigan global indeks böyiça yangilangan hisobot tayyorlandi.

Şu bilan birga, naşr mualliflari mojarolardan jabr körgan mamlakatlarda ma’lumotlarni yiğiş muammoli ekanligini ta’kidladilar. Şu sababli, qaşşoqlik darajasi past baholanişi va haqiqiy körsatkiçlar yuqori bölişi mumkin. Biroq, mavjud dalillar qaşşoqlik va ziddiyat özaro boğliqligini körsatişda davom etmoqda.