Prezident tomonidan imzolangan qonun bilan ayrim qonun hujjatlarga özgartiriş va qöşimçalar kiritildi.
Jumladan, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalarga, yolğiz yaşovçi keksalarga va nogironligi bölgan şaxslarga şahar yölovçi transportidan bepul foydalaniş huquqi berilişi nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, Ijtimoiy himoya milliy agentligining zimmasiga dafn etiş uçun nafaqani beriş vazifasini yuklatişga, uning xotin-qizlarni tazyiq va zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi vakolatlarini belgilaşga, şuningdek fuqarolik işlari böyiça sudlarga va ma’muriy sudlarga murojaat qilişda davlat bojini tölaşdan ozod etişga taalluqli özgartirişlar kiritilmoqda.
Bundan taşqari, özgalarning parvarişiga muhtoj bölgan 80 yoşga tölgan keksalarga qarab turilgan vaqt iş stajiga qöşib hisoblanişi uçun davolaş muassasasining xulosasi talab etilmasligi nazarda tutilmoqda.
Şu bilan birga, umrbod ta’minlaş şarti bilan uyni (kvartirani) boşqa şaxsga berişga doir bitimlar va umrbod renta şartnomasi töğrisidagi, şuningdek vasiylikdagi şaxsning mol-mulkini taqsimlaşga doir bitimlar hamda uning taqdirini hal qilişga qaratilgan boşqa bitimlar haqidagi ma’lumotlar «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlariga taqdim etilişi belgilanmoqda.
Qonunga köra, «Davlat boji töğrisida»gi qonunga özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalar, yolğiz yaşovçi keksalar va nogironligi bölgan şaxslar yöqolgan yoxud yaroqsiz holga kelgan ID-kartasini yoki biometrik pasportini almaştirişda davlat bojini tölaşdan ozod qilinişini nazarda tutuvçi özgartirişlar kiritilmoqda.
Şuningdek, «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj ayrim toifadagi şaxslarni vaqtinça röyxatga olişda ham davlat boji undirilmaydi.
Bundan taşqari, yetim bolalar va ota-onasining qaramoğidan mahrum bölgan bolalar davlat tomonidan ikkilamçi bozordan olingan uy-joyni ularning nomiga rasmiylaştiriş uçun notarial harakatlarni amalga oşirişda davlat bojini tölaşdan ozod qilinişi belgilanmoqda.
Şu bilan birga, özgalar parvarişiga muhtoj bölgan yolğiz keksalarga, yolğiz yaşovçi keksalarga va nogironligi bölgan şaxslarga homiylik qiliş uçun yönaltirilgan mablağlar soliq bazasini aniqlaşda çegirib taşlanadigan xarajatlar jumlasiga kiritilişi nazarda tutilmoqda.








