Korrupsiyaga qarşi kuraşiş agentligi tomonidan vazirlik va idoralar, davlat muassasalari va taşkilotlar xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullaniş holatlari yuzasidan örganişlar ötkazildi. Bu haqda agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinişiça, agentlik tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi, Toğ-kon sanoati va geologiya, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar, Energetika vazirliklari hamda ularning tizim taşkilotlari örganilganda 160 nafar boşqaruv xodimi 170 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sisçilik asosida faoliyat yuritib kelayotgani aniqlangan.

Jumladan:

  • Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi vazirligining 72 nafar xodimi 79 ta tadbirkorlik sub’yektida;
  • Toğ-kon sanoati va geologiya vazirligining 59 nafar xodimi 60 ta tadbirkorlik sub’yektida;
  • Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 22 nafar xodimi 23 ta tadbirkorlik sub’yektida;
  • Energetika vazirligining 7 nafar xodimi 8 ta tadbirkorlik sub’yektida ta’sisçilik asosida faoliyat yuritib kelgan.

Uşbu holatlarni bartaraf etiş böyiça mazkur vazirliklarga agentlik tomonidan taqdimnomalar kiritilgan, «tadbirkor» xodimlarga nisbatan ogohlantiriş xatlari berilgan. Hozirda qayd etilgan qonunbuzilişi holatlari bartaraf etilmoqda.

Avvalroq Transport, Madaniyat hamda Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligining 116 nafar boşqaruv xodimlari tadbirkorlik bilan şuğullanib kelgani aniqlangandi.

  • «Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari töğrisida»gi qonunning 4-moddasiga asosan, «davlat organlari, ularning mansabdor şaxslari, şuningdek, tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişi qonunçilikda man etilgan boşqa şaxslar tadbirkorlik faoliyati sub’yektlari bölişi mumkin emasligi» belgilangan.
  • «Davlat fuqarolik xizmati töğrisida»gi qonunning 13-moddasida davlat fuqarolik xizmatçisi tadbirkorlik faoliyati bilan şuğullanişga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektlarini taşkil etişga, ularning muassisi (iştirokçisi) bölişga, tadbirkorlik faoliyati sub’yektida taşkiliy-boşqaruv, ma’muriy-xöjalik vazifalarini bajarişga davlat fuqarolik xizmatini ötaş bilan boğliq çeklovlar örnatilgan.