Germaniyaning Dyusseldorf şahrida pitssa yetkazib beruvçilar niqobi ostida faoliyat yuritib kelgan narkoguruh qölga olindi, deb xabar beradi Bild.

Qayd etilişiça, giyohvand moddalar bilan savdo qiluvçi guruh soxta «pitssaxona» taşkil etgan va menyuda 40 raqami ostidagi tovar eng köp buyurtma qilingan, bu — kokainli pitssa. Buyurtmaçilar şu orqali giyohvand modda yetkazib berilişini yaxşi bilgan.

«Bu eng talabgir pitssalardan biri edi», — deydi politsiya boşliği Mixael Graf fon Moltke. Şuningdek, sotuvda marixuanali «pitssa» ham bölgan. Huquq-tartibot idoralari xodimlari «pitssaxonaning» 36 yoşli egasining uyiga bostirib kirgan vaqtida u içida 1,6 kilogramm kokain, 400 gramm marixuana va 268 ming yevro bölgan sumkani derazadan uloqtirib yuborgan.

Tergov davomida giyohvand moddalarni yetkazib beriş bilan şuğullangan uç kişi va 12 nafar gumonlanuvçi qölga olingan. Operatsiyaga Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerlarining 150 nafar politsiyaçisi jalb etilgan. Şuningdek, ikkita kannabis plantatsiyasi ham topilgan, gumonlanuvçilardan qurollar, pul va qimmatbaho soatlar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Avvalroq Şimoliy Reyn-Vestfaliya federal yerida – Myonxengladbax, Duysburg va Krefeld şaharlarida, şuningdek, Firzen, Xaynsberg va Noys okruglarida joylaşgan oziq-ovqat diskaunterining ön bir şoxobçasida banan qutilaridan paketlarda jami 95 kilogramm kokain topilgan edi.