BMT Taraqqiyot dasturi hamda Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi tomonidan tayyorlangan yangi hisobotga köra, 2024 yilda Falastindagi qaşşoqlik darajasi 74,1 foizga yetadi. Natijada, bu 4,1 million kişiga ta’sir körsatadi. Şuningdek, rivojlaniş darajasi ham 1955 yilda qayd etilgan holatga tuşadi.
«Ğazodagi uruş: Falastin davlati uçun kutilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlar» nomli hisobotda qayd etilişiça, mamlakat yalpi içki mahsuloti (YaIM) 2024 yilda 35,1 foizga qisqarişi, işsizlik darajasi esa 49,9 foizga yetişi prognoz qilinmoqda.
Baholaşlarga köra, qayta tiklaniş va rekonstruksiya uçun investitsiyalarni gumanitar yordam bilan birlaştiradigan kompleks rejalar, şuningdek, iqtisodiy çeklovlarning yeçilişi mamlakat iqtisodiyotiga 2034 yilga borib Falastinni rivojlantiriş rejalarini amalga oşirişga kömaklaşişi mumkin. Biroq bunday ssenariy faqat tiklaniş harakatlarida heç qanday çeklovlar bölmasligini nazarda tutadi.
«Bizning baholaşlarimiz halokatga uçragan millionlab odamlarning hayoti va önlab yillar davomida barbod qilingan rivojlaniş harakatlari haqida bong urişga qaratilgan», — deydi BMT Iqtisodiy va ijtimoiy komissiyasi ijroçi kotibi Rola Daşti.
Birlaşgan Millatlar Taşkiloti tomonidan e’lon qilingan ma’lumotlarga köra, dunyoda 1,1 milliard odam öta qaşşoqlikda yaşayapti va ularning deyarli yarmi — 455 million kişi mojaro yoki beqarorlik mavjud mamlakatlarda istiqomat qiladi.
Avvalroq dunyoda hamon 733 million kişi oçlikdan aziyat çekmoqda, ularning aksariyati Afrika mintaqasida yaşayotgani töğrisida xabar berilgandi. Dunyoning 36 ta davlatida töyib ovqatlanmaslik bilan boğliq holat «jiddiy», oltitasida esa «öta jiddiy» deya ta’riflanmoqda.









