BMTning inson huquqlari böyiça mustaqil ekspertlari 2023 yil avgust oyi boşidan beri aloqaga çiqmagan ukrainalik jurnalist va huquq himoyaçisi Viktoriya Roşçinaning ölimi haqidagi xabarlarni Rossiya tomonidan darhol tasdiqlaşni talab qilmoqda. Bu haqda 23 oktyabr, çorşanba kuni BMT saytida çop etilgan press-relizda aytiladi.

Jurnalistning ölimi haqidagi qayğuli xabar «Viktoriya Roşçinaning ğoyib bölişi, uning taqdiri va qayerdaligi haqida bir yildan ortiq davom etgan noaniqlik natijasida uning yaqinlariga yetkazilgan oğir azob-uqubatlarni yanada kuçaytiradi», — deyiladi BMTning bir qator mustaqil ekspertlari nomidan qilingan bayonotda.

«Roşçinaning ölimi tasdiqlangaç, uning ölimi holatlarini mustaqil tekşiriş uçun jasadini zudlik bilan uyiga qaytarişga çaqiramiz», dedi BMT ekspertlari.

RF asirlikda halok bölgan jurnalist qizning jasadini haligaça Ukrainaga qaytarmadi

Rossiya bir neça kun oldin harbiy asirlarning oxirgi almaşinuvi doirasida jurnalist Viktoriya Roşçinaning jasadini Ukrainaga topşirmadi. Bu haqda 20 oktyabr kuni «Suspilne» naşriga Ukraina harbiy asirlar bilan işlaş böyiça muvofiqlaştiruvçi ştab vakili Petro Yatsenko ma’lum qildi.

«18-kuni Viktoriyaning jasadi repatriatsiya doirasida topşirilmadi. Muvofiqlaştiriş ştabi barçani qiziqtirgan savollarga javob oliş uçun bor imkoniyatlarni işga solmoqda», - dedi Yatsenko. Uning qöşimça qilişiça, Roşçinaning jasadini qaytariş «töliq qarama-qarşi tomonga boğliq».

Muvofiqlaştiruvçi ştab vakili, şuningdek, Roşçinaning jasadini topşirişning keçikişini Rossiya tomoni «ehtimoliy jinoyat izlarini» yaşirişga urinayotgani bilan izohlaş mumkinligini ta’kidladi. Şu bilan birga, jurnalistning ölimi sabablari, xususan, qiynoqlar ehtimoli haqida gapirişga hali erta, dedi Yatsenko.