Yevropa Ittifoqi Rossiya Federal jazoni ijro etiş xizmati (FSIN) xodimlariga nisbatan şaxsiy sanksiyalar joriy etişni rejalaştirmoqda — ular ukrainalik jurnalist Viktoriya Roşçinaga nisbatan qiynoqlar va uning öldirilişiga aloqador deb hisoblanmoqda. «Sistema» naşrining 12 noyabr kungi xabariga köra, röyxatga jurnalistlar va faollarni siyosiy ta’qib qilişga aralaşgan kuç tuzilmalari xodimlari va sudyalar ham kiritiladi.

Naşr manbalariga tayanib xabar qilinişiça, sanksiyalar FSINning ukrain mahbuslari qiynoqqa solingani uçun javobgar deb körilgan Taganrogdagi SIZO-2 xodimlarini ham qamrab oladi. Yevropa Ittifoqi ma’lumotlariga köra, Roşçina 2024 yil sentabr oyida aynan şu yerda halok bölgan.

12 noyabr kuni YeI mamlakatlari elçilari çeklov çoralarini joriy etiş qarorini ma’qulladi. Sanksiya röyxatiga 10 nafar Rossiya fuqarosi kiritilgan, ulardan tört nafari — YeI fikriça Viktoriya Roşçina ölimi uçun mas’ul deb hisoblanadigan FSIN xodimlari.

Bundan avval Ukrainadagi «Slidstvo.info» naşri Roşçina Taganrogda emas, balki Perm ölkasining Kizel şahridagi SIZO-3 da vafot etgan bölişi mumkinligini xabar qilgan edi. Jurnalistlar ma’lumotiga köra, 2024 yil sentabrda u Taganrogdagi SIZO-2dan Kizelga ötkazilgan va şu yerda 19 sentabr kuni 27 yoşida vafot etgan.

Sobiq ukrain harbiy asirlari bu muassasada mahbuslar huşidan ketgunça kaltaklanişi, ayollarning esa majburan yoppasiga soçi olib taşlanişini aytgan. Rossiya hokimiyati Viktoriya Roşçinani uşlab turiş faktini faqat 2024 yil may oyida tasdiqlagan. Uning jasadi 2025 yil fevral oyida Ukraina tomoniga topşirilgan bölib, unda qiynoq izlari aniqlangan, ayrim içki a’zolari yetişmagani qayd etilgan.