Livanning «Hizbulloh» harakati öz ijro kengaşi rahbari Hoşim Safiuddin ölimini tasdiqladi.
Isroil mudofaa kuçlari (IDF) 22 oktyabr kuni uning öldirilganini e’lon qilgan edi. Ommaviy axborot vositalari uni 27 sentabr kuni Isroil hujumida halok bölgan «Hizbulloh» boş kotibi Hasan Nasrullohning vorisi deb atagan.
«Hizbulloh» öz ijro kengaşi raisi Hoşim Safiuddin uçun motam tutadi», deyiladi bayonotda.
4 oktyabr kuni Isroil harbiylarining havo hujumi oqibatida Hoşim Safiaddin halok bölgani haqida Al-Arabiya va Axios telekanallari xabar bergan edi. Tört kundan söng Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu «Nasrullohning vorisi va uning vorisining vorisi ham yöq qilinganini» aytdi (u ismlarni aytmadi).
22 oktyabr kuni Isroil harbiylari Hoşim Safiuddinning «taxminan uç hafta oldin» Bayrut çekkasidagi «Hizbulloh» razvedka boşqarmasiga berilgan zarbada öldirilgani haqida xabar berdi.
Hoşim Safiaddin Hasan Nasrullohning amakivaççasi. U 1994 yildan buyon «Hizbulloh» ijro qömitasini boşqargan. OAV xabarlariga köra, 1992 yildan buyon Livan harakatiga rahbarlik qilgan Hasan Nasrulloh 2008 yilda Safiaddinni öz vorisi etib tayinlagan.












