Parlament saylovlarining dastlabki natijalari, Allamjonov suiqasd qilgan gumondorlar, maktablarda kuzgi ta’til muddati — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Saylovning dastlabki natijalari
27 oktyabr kungi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi va xalq deputatlari kengaşlari deputatlari saylovida röyxatga olingan 19 mln 944 mingdan ortiq saylovçidan 15 mln 27 ming 529 nafari (yoki 74,72 foizi) ovoz berdi, degan MSK raisi Zayniddin Nizomxöjayev brifingda.
Qonunçilik palatasi uçun Yagona saylov okrugi böyiça Özbekiston liberal-demokratik partiyasi 34,75 foiz ovoz töplab (26 ta mandat) birinçi, «Milliy tiklaniş» partiyasi 18,82 foiz bilan ikkinçi (14 mandat) böldi.
Keyingi örinlar Xalq demokratik partiyasi (17,11 foiz, 13 ta örin), «Adolat» partiyasi (16,20 foiz, 12 ta) va Ekologiya partiyasi (13,12 foiz, 10 ta örin) örtasida taqsimlangan.
Bir mandatli saylov okrugi böyiça esa ÖzLiDeP 38 ta, «Milliy tiklaniş» 15 ta, «Adolat» 9 ta, XDP 7 ta, Ekopartiya esa 6 ta öringa ega bölgan.
Partiyalarning Qonunçilik palatasidagi mandatlarining umumiy soni quyidagiça böldi:
- ÖzLiDeP – 64 ta;
- «Milliy tiklaniş» – 29 ta;
- «Adolat» – 21 ta;
- XDP – 20;
- Ekopartiya – 16 ta.
Allamjonovga suiqasd
Boş prokuratura matbuot xizmati Komil Allamjonovga uyuştirilgan qurolli hujum yuzasidan qöşimça ma’lumot berdi. Idora buni «qotillikka suiqasd holati» deb baholagan.
Avvalroq bitta gumondor uşlangani ma’lum qilingan edi. Endi jinoyatni sodir etişga aloqador bölgan şaxslarning yana uç nafari uşlangani aytilmoqda.
«Boş prokuratura tomonidan Qibraydagi qotillikka suiqasd holati bilan boğliq jinoyat işi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Ötkazilgan tergov va tezkor qidiruv tadbirlari davomida uşbu jinoyatni sodir etişga aloqador bölgan şaxslarning yana uç nafari aniqlanib, gumonlanuvçi tariqasida uşlandi», deyiladi xabarda.
Boş prokuratura 26 oktyabr kuni soat 1:40 atrofida Toşkent viloyatining Qibray tumanidagi Ifor köçasida ikki noma’lum şaxs Prezident administratsiyasi sobiq xodimi Komil Allamjonovning Range Rover rusumli yöltanlamas avtomobiliga öqotar quroldan bir neça marta öq uzib, voqea joyidan qoçib ketgani haqida xabar bergan edi. Haydovçi va Allamjonov jabrlanmagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 97-moddasi (qasddan odam öldirişga suiqasd qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.
27 oktyabr kuni uşbu jinoyatni sodir etişda gumonlanuvçilarning biri uşlangani xabar qilindi.
Maktablarda kuzgi ta’til
Özbekistonda maktab öquvçilari uçun çorakning sönggi kuni 2 noyabrga töğri kelib, 4 noyabr kuzgi ta’tilning ilk kuni hisoblanadi. Bu haqda Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi xabar berdi.
«Maktabgaça va maktab ta’lim vazirligi tizimidagi umumta’lim, ijod, ixtisoslaştirilgan maktablar öquvçilari uçun joriy öquv yilining kuzgi ta’tili 4 noyabrdan boşlanib, 10 noyabrgaça davom etadi», deyiladi xabarda.
II çorak dars maşğulotlari 2024 yil 11 noyabrdan boşlanadi.
Vazirlar Mahkamasining 2017 yildagi 140-sonli qarori bilan tasdiqlangan nizomga muvofiq, öquvçilar uçun ta’til kunlari quyidagiça belgilangan:
- kuzgi ta’til – 4 noyabrdan boşlab 6 kalendar kun;
- qişki ta’til – 28 dekabrdan boşlab 14 kalendar kun;
- bahorgi ta’til – 21 martdan boşlab 7 kalendar kun;
- yozgi ta’til – oxirgi bosqiçli nazorat sinovi ötkazilgan kundan (bosqiçli nazorat ötkazilmaydigan sinflar uçun öquv yili tugagan kundan keyingi kundan) boşlab 1 sentabrgaça.
1-sinf öquvçilari uçun esa fevral oyi davomida qöşimça bir haftalik ta’til belgilanadi.
Ehtiyojmandlar uçun kompensatsiya
Özbekistonda Kam ta’minlangan oilalarga elektr va gaz tölovlari uçun bir martalik kompensatsiya beriladi.
Isitiş mavsumida elektr energiyasi va gaz xarajatlarini qisman qoplaş uçun qariyb 1,4 million oilaga 270 ming sömdan bir martalik kompensatsiya tölanadi. Bu mablağ bola puli va/yoki moddiy yordam oladigan oilalarning kartasiga 27 noyabrdan keyin tuşirib beriladi.
Bu haqda Ijtimoiy himoya milliy agentligi xabar bermoqda.
Mazkur bu tölov gaz va elektr energiyasiga tariflar oşişi oqibatini yumşatişda yordam beradi. Ta’kidlanişiça, kompensatsiya bir yilda faqat bir marta tölanadi. Uning miqdori – 270 ming söm.
Kompensatsiya oladiganlar röyxatiga quyidagilar kiritiladi:
- asosiy röyxat böyiça – “Ijtimoiy himoya” reyestri orqali bolalar nafaqasi va/yoki moddiy yordam oladigan oilalar (1,2 mln oila);
- qöşimça röyxat böyiça – boşqa ehtiyojmandlar (180 ming oila).










