Boysunning Şirinobod mahallasida yaşovçilar kondan çiqayotgan gazning miqdori bir neça barobar oşganini, joylarda zaharlanişlar yuzaga kelganini aytmoqda. Oldinda qiş, mahalliy aholi bu yil mavsumni qanday ötkazib olişdan xavotirda. “Endi bu qaçon yopilişi noma’lum, hamma narsani töğri tuşunib turibmiz, heç bölmasa, çiroğimizni berib tursin”,– deydi Kun.uz bilan suhbatda bölgan boysunlik.

Boysunning “M25” gaz konidagi 2-avariya sodir bölganiga 40 kundan oşdi. U yerda hanuz zaharli gaz çiqişi davom etyapti. Tarkibida vodorod sulfidi yuqori bölgan bu modda nafaqat butun Boysun, balki boşqa yondoş tumanlargaça ham tarqab ulgurgan.

Mahalliy aholi mas’ullardan hamon yordam, aniq ma’lumot kutyapti. Kun.uz'ga murojaat qilgan Şirinobod mahallasi fuqarolari joydagi vaziyat haqida gapirib berdi.

“Gaz hidi kelsa, taşqariga çiqa olmayman, diqqatimni jamlay olmay qoldim oxirgi vaqtda”

Şirinobod Boysun tumanining kiçik mahallalaridan biri hisoblanadi. Şu mahallada tuğilib, katta bölgan Karomtulloh Eşonqulov kondagi vaziyat sabab uyiga borolmayotganini bildirdi.

“Gaz hidi kelsa, taşqariga çiqa olmayman, diqqatimni jamlay olmay qoldim oxirgi vaqtda [hatto]. Men-ku qutulib, Toşkentga öqişga kelib oldim, neçadir kundan keyin yana borişim kerak. Har yakşanba, bozor kunlari boraman, lekin bu şanba kuni gaz hididan könglim xijil bölib, bormadim. Xuddi bir qaynatilgan tuxumning, ba’zida balçiqning hididek keladi. Odamning tomoğidan uyoğiga ötmaydi, şunday hid keladi, qusgingiz keladi, lekin qusolmaysiz-da, eng qiziği.

Özim körgan holat: qöşnimning qizi bronxial astma, şu gaz hididan mazasi qoçib, tez yordam bilan [şifoxonaga] ketdi, keyin Toşkentga olib kelişdi. Şunday holatlarni köryapmiz, maktablarda bolalarning mazasi bölmay, huşdan ketiş holatlari bölyapti, [ularning] kasalxonaga olib borilgan jarayonlari bor. U yerda gaz hidi kelsa, odam özini yöqotib qöyadi, qança murojaat qilsak ham befoyda.

Sanitariya-epidemiologiyaning “havo talablariga mos, hammasi yaxşi” degan xulosasini yozib beradi, lekin men şulardan şubham bor. Ular xolislik bilan örganmayapti. Nafaqat Boysunga, boşqa tumanlarga ham hidi yetib boryapti. Ular ham murojaat qilib çiqyapti, oldin murojaat yöq edi, qörqişayotgandi. Hozir odamlarda qörquv yöq, çunki jonidan ötib boryapti”, – deydi u.

“Davlatning mansabdor şaxslari kelib, haqiqatni aytib ketsin, biz hammasiga rozimiz”

Şirinobodda yaşovçi novvoy Qurbonali Xolmurodov ham zaharli gaz istalgan vaqtda kelayotganini, odamlar tanasida me’yordan ortiğini his qilayotganini aytmoqda.

“Gazning hididan oldingiga qaraganda zaharlaniş juda yuqori bölyapti. Bir nogiron qizçam bor, astmasi bor, bölmasa yaqinda Toşkentda davolatib olib kelgan edim. Şu yaqindan boşlab allergiya berib, közlari qizarib, nafas olişga qiynalib qoldi. Toşkentdan kelganiga 4-5 kun bölgandi.

Mana şu soat 12 dan 2 gaça çiroqni öçiryapti, aynan şu vaqtda öta zaharli bosim bilan gaz atmosferaga tarqalyapti. Endi bir qari bor, kasali oğirlar bor, nafas olişga qiynaladiganlar bor – ular ventilyator yoqib, toza havo topişi kerak bölsa, konditsioner kerak bölsa, nima qilişi kerak? Kasalxonaga borib, ingalyatsiya olaman desangiz ham çiroq yöq-ku, Boysun tumanida 12 dan 2 gaça çiroq yöq, bu holat 1 sentabrdan beri davom etib keladi. “Yuqorida turganlar” nima sabab bu bilan qiziqmayapti, bizga şu qiziq tuyulyapti.

Mayli, keling, bu hodisani bartaraf qila olmas ekan, boşqa qila olmas ekan, mening qizimga öxşaş astmasi, allergiyasi, nogironligi borlar [nima qilsin?] Mayli, hammaga bermasin, biz ham to nogiron bölgunça yaşayveramiz. Şu nogironlarni körib, qandaydir kompensatsiya berişadimi, ERIELL bilan Özbekneftgaz böyniga olib, moddiy yordam qilib turadimi?

Endi bu qaçon yopilişi noma’lum, hamma narsani töğri tuşunib turibmiz, atmosfera bosimi kuçli ekan, yopa olmas ekan, heç bölmasa, çiroğimizni berib tursin, bitta oddiy xalqning insoni sifatida men özim 1 sentabrdan hozirgaça tortgan jabrimni oçiq, oddiy gaplar bilan bayon qilib berolmayman, töğrisi. Çunki qizim mana şu Boysun tumanining özida 2 kun kislorod [qurilmasidan nafas olib] yotdi. Bu narsa bilan heç kim qiziqmaydi, buni faqat ota yoki ona, buvisi va bobosi his qiladi, “tepadagilar” his qilolmaydi.

Men 27 centyabrgacha novvoyxonamning eşigini ham oçolganim yöq, çunki faqat şu qizim bilan ovora bölib, el-ulusdan qarz olib, Toşkentga borib yotqizib, öziga keltirib keldim, endi mana kelganiga 4-5 kun bölgani yöq, yana şu holatda.

Qölida mansabi bor, davlatning mansabdor şaxslari kelib, haqiqatni aytib ketsin, mayli biz hammasiga rozimiz, haqiqatni aytsin. Kimgadir bosim ötkazib turib, uning yaxşi gaplarini respublikaga tarqatmasin-da. Şunday 1-1,5 soat içida intervyu olib ketiş, u gazning hidini his qildim, şu holatni kördim közim bilan, şu atrofda yaşadim deyiş bilan iş bitmaydi. 24 soat bola-çaqasi bilan kelib, yaşab his qilsin, u özgaça böladi”,– deydi Xolmurodov.

“Qişda nima qilamiz degan savol bölib turibdi”

Karomtulloh Eşonqulovga köra, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov 6 oktyabr kuni “Lolazor”da “Boysunda vaziyat vahima qiladigan darajada emas”ligiga oid çiqişida ma’lumotlari yolğon bölgan. Eşonqulovga köra, asl vaziyat boşqaça.

“Lolazor” podkastida [energetika] vaziri “Boysunda yaşadim, oqsoqollari bilan gaplaşdim” dedi, u oqsoqollar bilan gaplaşgani yöq, u hokimiyatning duogöylari bilan gaplaşgan. Xalq bilan gaplaşgani yöq, hokimiyatning buyurtmaçilari bilan gaplaşgan. Bu oçiq-oydin aldaş. Gazning oldiga şunday boradi, oyoğini bunday bosib yopolmaydi, u yerda mutaxassislar qanday loyihani olib keladi, şunday körib mehmonxonada joy ajratilgan bölsa, yotadi keladi. Kim bilan suhbat qilgan, boşqa bilanmi yoki?

Har kunlik ma’lumotni berib borsin, “bugun konda ahvol yaxşi, gaz kamroq çiqadi yoki köproq çiqadi” degan talqinda yozib borsin. Energetika vaziri buning iloji yöq deyapti, nimaga iloji yöq, bitta telegram kanaldan berib boriş oson-ku, bir matbuotçiga oyligini berib qöysa, har kunligini yoritadi. Bitta telegram kanaldan hamma biladi. “Buning iloji yöq, jismonan ulgurmaymiz” degan gaplarni yolğondan börttirib nima qiladi? Oçiq-oydin aytsin, dangal aytsin, maşmaşa qilib yotmasin. Qölidan kelmayaptimi, eplolmayaptimi, işdan ketsin. Bizga bunday odam kerakmas.

Ba’zi OAV borib, boşqa narsalarni, yolğon ma’lumotlarni yoritib keladi. Qarasangiz, hokimiyatning bir duogöylari bor, öşa duogöylaridan borib, reportaj tayyorlab keladi. OAV bölganidan keyin xalqning içiga kirsin, köçirilganlarning oldiga borsin, maktab yoki kollej yotoqxonasida yotganlarning oldiga borsin, qanday ekan? Ular haqiqatni aytadi, kasalxonalarga borişsin, haqiqatni aytişadi. [Odamlar] qiynalib yotişibdi, lekin ovqati, boşqasi berilyapti. Lekin baribir heç kimning özining uyidek bölmaydi.

Ularning ba’zilari çorvaçilik bilan şuğullanadi, hozirda ularda qişda nima qilamiz degan savol bölib turibdi. Çunki Boysunning Şirinobod, Bibişirin, Pasurxi, Köşkak, Avlod, Sariosiyo mahallalari gaz bilan ta’minlanmagan, gaz yöq, ularning hammasi kömir yoki tappi yoqadi. Kofrun bilan Rabot ham xuddi şunday mahalla. [Köçganlar] yotib turgan joy ham gazlaşmagan, ular qişda qanday isitişadi, buning ustiga hozir köpçilik bölib yaşaşyapti.

Ahvol oğir, “Atmosferani muhofaza qiliş töğrisida”gi qonun bizga kelganda işlamaydi negadir. Nega şu investorga jinoiy iş oçilmaydi. Barça mansabdorlarga mana şu savol, Boş prokuratura jinoiy iş oçişi kerak edi, nimaga oçmayapti? Köçada ozgina xazonni yoqsangiz ham kelib jarima qilişadi, lekin şunça gaz bizning atmosferamizni buzyapti, ammo heç kim kelib bir oğiz “biror narsa qilaylik” demadi.

Qaysidir mansabdormi, boş vazir böladimi yoki energetika vazirimi, ularni uyimda mehmon qilaman, hammasini “yaxşi” deyişgan, qaysidiri bölsa ham borsin uyimga, yaşab körişsin, tanasida bir his qilib körsin-çi, qanday ekan? Men bir xonamning derazasini oçaman, xona gaz hidiga tölganda qaytib yopaman. Öşa yerda yaşaşsin, qani qança tura olişadi, qança çidaşadi?

Bizning Boysun tumanimizning toza atmosfera havosini qaytarib berişsa böldi, u gaz konini yöqotişsin. U gaz konidan bizga foyda yöq”, – deydi u.

Hozirça köpçilikning e’tiboridan çetga çiqib qolgan Boysundagi vaziyat şunday. “Mustaqillikning 25 yilligi” koni atrofidan köçirilganlarning qişni qanday ötkazişi noma’lum.

Eslatib ötamiz, energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov tuzilgan reja böyiça konni jilovlaş uçun kamida yana 2–3 kunlik tayyorgarlik işlari qolganini, qöşimça uskunalar olib kelingani va ularni örnatiş jarayoni ketayotganini aytgandi. Agar bu ssenariy iş bermasa, bu yana 2–3 oy vaqt olişini bildirgandi.

Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi,
Tasvirçilar: Abduqodir Tölqinov,
Şohruz Abdurayimov.