Özbekiston prezidentining qarori bilan, davlat xizmatçilari soliq tölaş intizomi borasida aholiga namuna bölişi lozimligi belgilandi.

Şu maqsadda, har 3 oyda respublika ijro etuvçi hokimiyat organlarida xodimlarning soliq qarzi haqidagi umumlaştirilgan ma’lumotlar faqatgina vazirliklar va idoralar (tarkibidagi taşkilotlarni inobatga olgan holda) kesimida e’lon qilib boriladi.

Bunda şaxsga doir ma’lumotlar töğrisidagi qonunçilik talablariga rioya etgan holda, har çorak yakuni böyiça ma’lumotlar keyingi oyning 25-sanasiga qadar Soliq qömitasining rasmiy saytiga joylanadi.

Uşbu qaror asosida, şuningdek:

  • jismoniy şaxslardan soliq qarzini undirişda elektr energiyasining billing tizimidan foydalaniladi;
  • jismoniy şaxslarga soliq qarzi haqida mobil ilovalarda eslatib turiladi.