Vazirlik va hokimliklardagi qisqariş, saylovning tasdiqlangan natijalari, maoş va pensiyalarni oşirişga ajratilayotgan mablağlar — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Vazirlik va hokimliklarda xodimlari soni qisqartirilmoqda
Prezident farmoni bilan vazirlik va idoralarning rahbar va işlab çiqariş xodimlari 5,2 foizga qisqartirilmoqda. Hokimliklarning boşqaruv apparati xodimlari soni ham kamaytiriladi.
Özbekistonda hozirgi kunda 21 ta vazirlik, 14 ta qömita (13 ta edi), 26 ta agentlik (25 ta) va 9 ta inspeksiya (11 ta), jami 70 ta respublika ijro etuvçi hokimiyat organlari mavjud.
70 ta davlat organi boşqaruv xodimlarining maksimal soni 53 560 nafar etib belgilandi.
Bungaça xodimlar soni 56 509 nafarni taşkil etgan, ya’ni boşqaruv xodimlarining 2949 ştat birligi yoki 5,2 foizi qisqartirilgan.
Şu bilan birga, viloyatlar va Toşkent şahri hokimliklari boşqaruv apparatlari xodimlarining maksimal soni 706 nafardan 886 nafarga, şu jumladan, boş rejalarni işlab çiqiş böyiça loyiha idoralari xodimlarining soni 46 nafarga oşirilmoqda.
Viloyat markazlari va Nukus şahri hokimliklari, şuningdek, viloyatlarga böysunuvçi şahar va tuman hokimliklarida ham xodimlar soni qisqartirilgan.
Çiqindidan qarzi borlarga elektr tölovi çeklanadimi?
Ijtimoiy tarmoqlarda 1 noyabrdan çiqindidan qarzi borlar töliq elektrdan uzilişi haqida xabarlar tarqaldi.
Çunki qonunçilikda 2024 yilning 1 noyabridan boşlab respublikaning barça hududida çiqindi xizmatlari böyiça 3 oy davomida şakllangan qarzdorlik uçun elektr energiyasiga tölovni çeklaş belgilangan edi.
Ammo «Toza makon billing» dasturiy kompleksi işga tuşirilişi munosabati bilan mazkur amaliyotni tatbiq qiliş muddati keçiktirildi.
«Hududiy elektr tarmoqlari» AJning mazkur holat yuzasidan rasmiy munosabatida bildirilişiça, Ekologiya vazirligi huzuridagi Çiqindilarni boşqariş va sirkulyar iqtisodiyotni rivojlantiriş agentligi tomonidan yangi “Toza makon billing” dasturiy kompleksi işga tuşirilişi munosabati bilan 2024 yil 31 oktyabr soat 23:50 dan 5 noyabr soat 23:50 gaça profilaktik işlar olib boriladi.
Uşbu vaqt oraliğida barça turdagi tölovlarni amalga oşirişda hamda şaxsiy hisobraqamdagi mavjud ma’lumotlarni oliş, abonent töğrisidagi ma’lumotlarni özgartiriş, qöşiş va öçirişda vaqtinçalik texnik uzilişlar böladi.
“Mazkur xabar ijtimoiy tarmoqlarda notöğri talqin qilinmoqda”, deyiladi xabarda.
Saylov natijalari tasdiqlandi
Özbekistonda ötgan parlament saylovlaridagi yagona saylov okrugi böyiça saylov natijalari tasdiqlandi. Şuningdek, deputatlik mandatlari siyosiy partiyalar örtasida taqsimlandi.
29 oktyabr kuni Markaziy saylov komissiyasining navbatdagi majlisi bölib ötdi.
Majlisda 74,72 foiz saylovçi saylovda iştirok etgani, siyosiy partiyalarning har biri 7 foizdan köp ovoz töplagani sababli Oliy Majlis Qonunçilik palatasiga deputatlar saylovi ötgan va haqiqiy deb topildi.
Yagona saylov okrugi böyiça Qonunçilik palatasining 75 ta deputatlik örni siyosiy partiyalar örtasida quyidagiça taqsimlandi:
- Özbekiston liberal-demokratik partiyasi — 26;
- «Milliy tiklaniş» demokratik partiyasi — 14;
- Xalq demokratik partiyasi — 13;
- «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi — 12;
- Ekologik partiya — 10;
Bundan taşqari, deputatlik mandatlari taqsimlangan siyosiy partiyalar va partiya röyxati böyiça saylangan deputatlarga xabarnomalar yuboradi. Şundan söng, Markaziy saylov komissiyasi ularni Qonunçilik palatasi deputati sifatida röyxatga oladi.
Maoş va pensiyalarni oşiriş uçun 6,6 trln
2025 yilda Özbekistonda iş haqi va pensiyalarni oşirişga qança mablağ ajratilişi ma’lum qilindi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi “2025 yil uçun Özbekiston davlat budjeti töğrisida”gi qonun loyihasi va Budjetnoma işlab çiqilganini e’lon qildi.
Qonun loyihasida birinçi darajali budjet mablağlarini taqsimlovçilar uçun respublika budjetidan 2025 yilda ajratilayotgan mablağlarning çeklangan miqdorlari keltirilgan. Iş haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini, şuningdek ayrim xizmat turlari böyiça tariflarni oşiriş bilan boğliq xarajatlar uçun bu miqdor 6,6 trillion sömni sömni taşkil etişi belgilanmoqda.
Şuningdek, 2025 yilda yalpi içki mahsulotning 6 foiz ösişi prognoz qilingan.
2025 yil uçun davlat budjeti daromadlari 308,5 trln söm, xarajatlari esa 344,6 trln söm miqdorida belgilanmoqda.
Neça yoşda ajraşiş köproq?
2024 yilning ötgan 9 oyida ajraşganlar eng katta uluşi 35 yoşgaça bölganlarga töğri kelgan, ya’ni jami nikohdan ajraşganlarning 64,3 foizini taşkil qilgan.
Statistika qömitasi xabariga köra, nikohdan ajraşişlar 2020 yilning mos davriga nisbatan 1,7 barobarga köp.
Nikohdan ajraşganlarning örtaça yoşi — erkaklar uçun 35,2 yoşni, ayollar uçun 32,4 yoşni taşkil etgan.
Nikohdan ajraşişlarning asosiy qismi şaharlarda 21,1 ming yoki 62 foiz, qişloqlarda esa ajralişlar soni 12,9 mingtani yoki 38 foizni taşkil etgan.










