Şu yil dekabr oyi oxirida Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida Mustaqil Davlatlar Hamdöstligining norasmiy sammiti bölib ötadi. Bu haqda MDH boş kotibi Sergey Lebedev xabar berdi.

«28 noyabr kuni Ostonada KXŞT davlat rahbarlarining uçraşuvi bölib ötadi, dekabr oxirida esa MDH davlat rahbarlarining an’anaviy norasmiy uçraşuvi bölib ötadi», dedi Lebedev.

Sönggi bor MDH norasmiy sammiti 2023 yil dekabr oyida Sankt-Peterburgada bölib ötgan va unda Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etgan edi.

Tadbirda Rossiya prezidenti Vladimir Putin, Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev, Belarus prezidenti Aleksandr Lukaşenko, Qozoğiston prezidenti Qosim-Jömart Töqayev, Qirğiziston prezidenti Sadir Japarov, Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon, Turkmaniston prezidenti Serdar Berdimuhamedov va Armaniston boş vaziri Nikol Paşinyan qatnaşdi.

Sammitda 2023 yilgi köp tomonlama hamkorlikning asosiy yakunlari sarhisob qilindi va 2024 yilga möljallangan ustuvor vazifalar körib çiqildi. MDH doirasida köp qirrali munosabatlarni rivojlantiriş istiqbollari yuzasidan fikr almaşildi, mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilindi.