Keyingi yilda elektr energiya 24 foiz, tabiiy gaz narxlari 36 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, metan narxlari 39 foizga oşişi mumkin. «Bularning hammasi bizning 6-7 foizlik inflatsiya parametrlarimizda inobatga olingan», dedi Markaziy bank raisi.
2025 yilda energetika resurslari narxlarining oşişi Markaziy bankning 6-7 foizlik inflatsiya parametrlarida inobatga olingan. Bu haqda MB raisi Mamarizo Nurmurodov 31 oktyabr kungi matbuot anjumanida aytib ötdi.
Kun.uz muxbiri «Energiya resurslarining taqçilligi ortidan narxlarning sun’iy ravişda oşirilişi inflatsiyaga qanday ta’sir qiladi?» degan mazmunda regulyator rahbariga savol berdi.
«Keyingi yildan elektr energiya 24 foiz, tabiiy gaz narxlari 36 foiz, suyultirilgan gaz 25 foiz, avtomobillarga gaz töldiriş [metan] narxlari 39 foizga oşişi belgilangan. Bularning hammasi bizning 6-7 foizlik inflatsiya parametrlarimizda inobatga olingan. Siz aytayotgan narsa, albatta, narxlarning oşişiga ta’sir qiladi. Özimiz guvoh böldik, suyultirilgan gaz böyiça birjadagi ahvol, albatta, narxlarga ta’sir qiladi. Ularni biz xatarli ssenariyga qöyyapmiz, çunki oldindan baholay olmaymiz. Bizning ssenariy joriy şaroitlar kelgusi yilda ham saqlanib qoladi, taşqi şaroitlarning yomonlaşuvi içki şaroitlarga qanday ta’siri qilişi mumkin, degan holatlardan kelib çiqqan. Siz aytgan ehtimollar, albatta, inflatsiyani özgartiradi va biz qarorlarimizda özgartirişlar qilişga majbur bölamiz», dedi Mamarizo Nurmurodov.
MB raisining qöşimça qilişiça, valuta kursining 1 foizga qadrsizlanişi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz salbiy ta’sir körsatişi mumkin.
«Doim aytamiz, biz valuta kursi böyiça prognoz bermaymiz, lekin valuta kursi özgarişining inflatsiyaga ta’sirini örganamiz. Oxirgi hisob-kitoblarimizga köra, valuta kursining 1 foizga qadrsizlanişi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir körsatişi mumkin. Endi bevosita oltinning narxiga keladigan bölsak, bu töğridan töğri inflatsiyaga boğliq emas, lekin oltindan tuşadigan valuta mablağlarining kursga ta’siri böladi. Oltin narxiga töxtaladigan bölsak, kelgusi yilda hozirgi darajadan qisman pasaygan holda şakllanişini kutyapmiz, lekin keskin arzonlaşişini kutayotganimiz yöq», dedi regulyator raisi.
Avvalroq, joriy yilning 9 oyida Özbekistonga pul ötkazmalari hajmi 11,3 mlrd dollarga yetib, ötgan yilning mos davriga nisbatan 34,8 foizga köpaygani







