Fabritsio Romano: - Leo, sen bilan birinçi marta uçraşib turibman. Vaqt ajratganing va uşbu imkoniyatni menga taqdim etganing uçun rahmat. Tayyormisan? Demak, boşladik. Yevropa futbolidan MLSga ötiş bilan katta yurişni amalga oşirding. Amerika Qöşma Ştatlari va aynan «Inter Mayami»da öynaşda nima seni öziga jalb etdi?

Messi: - Klub yangi edi va özining dastlabki qadamlarini qöyayotgandi. Öşa paytda mening boşimdan ötgan voqealar ham mana şu transfer amalga oşişiga zamin yaratdi. Uşbu klubning rivojlanişiga hissamni qöşiş istagi meni qiziqtirdi va qarorimdan xursandman.

Romano: MLSning boşqa çempionatlardan farqi nimada?

Messi: - Bu yerda futbolga bölgan mehr juda kuçli va men kelgunimça buni bilmasdim. Avvallari Amerikani basketbol, beysbol va amerikança futbolni sevuvçi mamlakat sifatida bilardim. Biroq bu yerdagi futbolga e’tibor meni hayratda qoldirdi. Liga juda raqobatli keçadi va mehmonagi öyinlar oğir ötadi: har bir jamoaning öziga xos muxlislari bor va ular jon-jahdi bilan klubini qöllab-quvvatlaydi. Mamlakatning istalgan joyiga borsangiz, stadionlarni töla holatda körasiz. Odamlar öz jamoalari haqida qayğuradilar. Umuman boşqa kutilmalar bilan kelgan inson sifatida bularni körişdan xursandman.

Romano: - Iqtidorlar, yoş futbolçilar haqida nima deysan? MLSda ularning soni ham köpayib qoldi?

Messi: - Bu liga yoş futbolçilarning ösişi uçun ajoyib imkoniyat bera oladi. Öz navbatida, bunday iqtidorli yigitlar bilan liganing özi ham yaxşi rivojlanişga erişa oladi. Bularning barçasi yanada köproq yoşlarning özlarini körsatişlariga xizmat qiladi.

Romano: - MLSga kelganingdan söng öyin uslubingni biroz özgartirding, töğrimi? Kamroq dribling qilib, köproq uzatmalar berişga harakat qilayotgandeksan...

Messi: - Albatta, öyin uslubimni holatim va yoşimdan kelib çiqib biroz özgartirişimga töğri kelyapti. Özimni qaytadan kaşf qilişga va men uçun yangilik bölgan ligaga moslaşişga harakat qilib kelyapman.

Romano: - Senga MLSdagi dastlabki davrlaring haqida savol bermoqçiman. Sen birinçi töliq mavsumingni ötkazding, Amerika Kubogiga bording, ba’zi qiyinçiliklarga duç kelding, ğolib bölding, hozirda MLS pley-offida öynayapsizlar. Uşbu ligadagi hozirgaça bölgan sayohating haqida nima deysan?