Miraziz Hidoyatov Toşkentda tuğilgan. U Toşkent xalqaro maktabini (TIS) muvaffaqiyatli yakunlaganidan söng, AQŞ va Kanadadagi sakkizta yetakçi universitetdan xalqaro grantlar asosida ta’lim oliş taklifini oldi. AQŞning Triniti universitetida (Trinity University) siyosatşunoslik böyiça bakalavr darajasini olgandan söng, öqişini Riga universitetining Stokgolm huquq maktabida xalqaro va Yevropa huquqi böyiça magistratura dasturi doirasida davom ettirdi. Magistraturani yakunlaganidan keyin esa Nyu-York şahridagi AQŞning yetakçi huquq maktablaridan biri — Fordem universiteti (Fordham University Law School)ga öqişga kirdi.

Uşbu universitetda huquqşunoslik doktori darajasini olgaç Nyu-York ştati advokatlar kollegiyasi litsenziyasi imtihonini a’lo darajada topşirdi. Şuningdek, u öqiş bilan birga xalqaro taşkilotlarda işlay boşladi, dunyo yetakçi ekspertlari bilan hamkorlik qildi, universitet naşrlarida maqolalar çop etdi va yuridik hamda siyosiy klublarning faol iştirokçisi hisoblanadi.

Aholining huquqiy savodxonligini oşiriş böyiça tavsiyalar

Miraziz Hidoyatovning sözlariga köra, zamonaviy axborot manbalaridan foydalaniş huquqiy savodxonlikni oşirişda samarali vosita hisoblanadi. “Özbekiston aholisining huquqiy savodxonligini oşiriş uçun, avvalo, umumiy savodxonlikni va zamonaviy axborot manbalaridan foydalaniş imkoniyatini oşiriş kerak. Şuningdek, aholining huquqiy bazaga kirişini osonlaştiriş va uning qöllanişini yengillaştiradigan bepul, qulay va tuşunarli tizimli yeçimlarni ta’minlaş zarur. Xususan, sun’iy intellektdan foydalangan holda dasturiy yeçimlar va ilovalarni işlab çiqiş lozim”, — dedi u.

Samuel Alito — AQŞ Oliy sudi sudyasi

Muhim xalqaro loyihalardagi faoliyat

Özbekiston iqtisodiyotini rivojlantiriş maqsadida Miraziz Hidoyatov AQŞ va Özbekistonda taşkil etilgan kompaniyalari orqali bir qator xalqaro loyihalarda iştirok etmoqda. Uning kompaniyalari asosan aholining huquqiy bazalarga erkin kirişini ta’minlaş va axborot xavfsizligi böyiça qulay tizimli yeçimlarni joriy etişga yönaltirilgan. Şuningdek, mamlakat uçun şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş, bank sohasida axborot xavfsizligini ta’minlaş va Özbekiston hamda qöşni respublikalarning energetika sohasiga investitsiyalar jalb etiş kabi masalalar muhim ahamiyatga ega.

“Men mustaqil pudratçi sifatida qonunçilik, xavf-xatarlarni boşqariş va muzokaralar böyiça mutaxassis sifatida qiymati 15 milliard dollardan oşadigan energetika, infratuzilma va moliya sohalaridagi loyihalarda iştirok etdim. Uşbu loyihalar orasida Özbekiston uçun tarixiy ahamiyatga ega bölgan, milliy rivojlaniş va xalqaro hamkorlik uçun muhim strategik taşabbuslar mavjud. Biz şeriklarimiz bilan birgalikda AQŞ va Özbekistonda aholining huquqiy bazaga kirişini ta’minlovçi, uni osonlikça qöllaş imkoniyatini beruvçi bepul, qulay va tuşunarli tizimli yeçimlarni işlab çiquvçi kompaniyalarni taşkil etdik. Xususan, sun’iy intellektdan foydalangan holda dasturiy yeçimlar va ilovalarni rivojlantiryapmiz. Hozirda şaxsiy ma’lumotlarni himoya qiliş, bank sohasida axborot xavfsizligi va Özbekiston hamda qöşni respublikalarning energetika sohasiga investitsiyalarni jalb etiş böyiça loyihalar ustida işlayapmiz.