Indoneziyaning Flores orolida vulqon otilişi oqibatida 10 kişi halok böldi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar milliy agentligi xabar berdi.
Levotobi Laki-Laki vulqoni 4 noyabr kuni keçqurun harakatga kelgan va kul ustunlari 2 ming metr balandlikka qadar otilgan. Ta’kidlanişiça, vulqon otilişi oqibatida yaqin atrofdagi aholi punktlarida yonğin çiqqan.
AFP agentligi ma’lumotlariga köra, kamida beşta qişloqning aholisi evakuatsiya qilingan, vulqon atrofidagi uylarni qalin kul qatlami qoplagan.
Indoneziya tabiiy ofatlar agentligi (BNPB) vakili Abdul Muxarining ma’lum qilişiça, vulqonning otilişi 10 mingdan ortiq fuqaroga ta’sir körsatgan. BNPB mamlakatdagi eng yuqori ogohlantiriş darajasini e’lon qildi va odamlarni vulqon krateridan kamida 7 kilometr uzoqlikda turişga çaqirdi.
Oktyabr oxirlarida Indoneziyadagi eng faol vulqonlardan biri Marapi harakatga kelgandi. Taxminan 2,9 ming metr balandlikda joylaşgan vulqon yanvar oyidan beri ikkinçi ogohlantiriş darajasida bölib kelayotgandi Lavaning otilişi xavfi sabab alpinistlar va mahalliy aholiga kraterga 3 kilometrdan yaqinroq boriş taqiqlangan.












