Joriy yilning 4 noyabr kuni Toşkentdagi Singapur menejmentni rivojlantiriş institutida "Kelajak liderlari" maxsus malaka oşiriş dasturining oçiliş marosimi bölib ötdi. Tadbirda Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantiriş agentligi va institut rahbariyati, mas’ul vakillari, hamkorlar, dastur iştirokçilari hamda OAV vakillari iştirok etdi.

Öquv dasturi davlat fuqarolik xizmatida faoliyat yuritayotgan örta böğin boşqaruv rahbarlarining strategik fikrlaş, tizimli tahlil, sun’iy intellekt asoslari va qöllanişi, muloqot madaniyati, muammolarni manzilli hal etiş, islohotlar va jadal rivojlaniş davrida transformatsion liderlik böyiça könikmalarni rivojlantirişga yönaltirilgan.

Dasturning bu galgi mavsumi uçun ham respublikaning 14 ta hududida faoliyat olib borayotgan, Milliy kadrlar zaxirasidagi salohiyatli davlat xizmatçilari orasidan 50 nafari saralab olindi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram: t.me/ilkhom_mamatkulov
Instagram: www.instagram.com/mdis.tashkent
Feysbuk: facebook.com
Reklama







