APL doirasida «Çelsi»ga qarşi muhim öyini oldida turgan «Arsenal» bungaça ketma-ket ikki uçraşuvda gol urolmay mağlubiyatga uçradi. Jamoaning APL çempionligi yölidagi vazifasi kun sayin qiyinlaşib boryapti. Ketma-ket uçta bellaşuvda ğalaba qozona olmagan Arteta şogirdlari peşqadam «Liverpul»dan 10 oçkoga (zaxirada bir öyin bor holatida) ortda bormoqda. Çorşanba oqşomida «Juzeppe Meatssa»da yutqazib qöygan «töpçilar»ning Yevropadagi mağlubiyatsiz seriyasi ham barham topdi.

Xöş, jamoada nima notöğri ketyapti?

Şunçaki omadsizlikmi?

Arteta öz jamoasining Milandagi mağlubiyatini ikki bor penalti masalasida çiqarilgan xato qaror bilan izohladi va bu fikrda biroz jon bor. Mikel Merinoning qöliga töp tekkan vaziyatda ispaniyalik yarimhimoyaçining öşa yönalişdan qölini tortib qoliş imkoniyati nolga teng edi va agar bu vaziyat APLda sodir bölganda, katta ehtimol bilan 11 metrlik zarba belgilanmasdi.

Undan oldinroq xuddi şu Merinoning özi yana boş qahramon rolida, aniqroği, jabrdiyda obrazida namoyon bölgandi. Gabriel Martinelli tomonidan qanotdan uzatilgan intilgan futbolçiga töpga çiqişda toza öynay olmagan Yan Zommer muşt tuşirdi, biroq VAR uşbu vaziyatga e’tibor qaratmadi.

Bu mavzu haqida uçraşuvdan keyingi matbuot anjumanida gapirar ekan, Arteta quyidagi fikrlarni bildirdi: «Bizga mavsum avvalida bunday vaziyatlarda penalti berilmasligi aytilgandi. Bu aniq. Bugun esa vaziyat boşqaça böldi. Xöp, mayli. Ular penalti berişga qaror qilişdi. Biroq agar bu penalti bölsa, Merinoning boşiga muşt tuşgan vaziyat 1000 foizli penalti bölişi kerak. Mana şu vaziyatlar farqni belgilab berdi va ularni qabul qiliş juda oğir».

«Inter»dan uçralgan mağlubiyat «Arsenal»ning mavsum avvalidan beri yöliqqan muvaffaqiyatsizliklarining navbatdagi, hozirça oxirgisi, xolos. Deklan Raysning «Brayton»ga, Leandro Trossarning esa «Siti»ga qarşi bellaşuvda vaqtni çöziş vaji bilan maydondan çetlatilişi, Vilyam Salibaning «Bornmut»dagi çetlatilişi, «Liverpul»ga qarşi bellaşuvda bekor qilingan gol… «Töpçilar»ning şikoyat qilişiga yetarliça asos vazifasini ötovçi vaziyatlarning bir qançasi sodir bölişga ulgurgan. Yuqorida sanalgan qarorlarning barçasi talqinni talab etuvçi holatlar edi va ularning barçasida «Arsenal»ning zarariga qaror çiqarilgan. Demak, Mikel Arteta muvaffaqiyatsiz seriyada omadsizlikni rökaç qilişga haqli.

Jarohatlar bahona böla oladimi?