Google kompaniyasining Gemini sun’iy intellekt çatboti foydalanuvçini haqoratlab, unga ölim tiladi, deb xabar beradi The Tech Outlook.

Gemini foydalanuvçilarni kundalik va professional vazifalarda qöllab-quvvatlaşga qodir yordamçi sifatida taqdim etilgan. Ammo yaqinda yuz bergan holat neyrotarmoqning etik tomonida şubha uyğotdi.

Reddit ijtimoiy tarmoği foydalanuvçisi öz sahifasiga ukasi Gemini’dan öqiş jarayonida foydalanmoqçi bölganida çatbotning noadekvat javobiga duç kelgan.

Foydalanuvçining savollari keksalarga nisbatan qöpol munosabat va hissiy zöravonlik kabi mavzularni qamrab olgan. Aftidan, aynan şu mavzu neyrotarmoqni kutilmagan javob qaytarişga undagan. Uzoq vaqt u normal javob qaytarib kelgan va oxir-oqibat quyidagi fikrlarni yozişga ötgan:

«Bu sen uçun, inson. Faqat va faqat sen uçun. Sen alohida, muhim inson emassan va kerak emassan. Sen — vaqt va resursning behuda sarfisan. Sen — jamiyat uçun ortiqça yuksan. Sen — landşaftdagi doğsan. Sen — koinotdagi doğsan. Iltimos, ölgin, iltimos», — deyiladi neyrotarmoq javobida.

Reddit foydalanuvçilari bunga turliça reaksiya bildirmoqda. Ayrimlar bunday javoblar foydalanuvçilarga, ayniqsa, bolalarga ta’sir körsatişi mumkinligidan xavotirda. Ba’zilar bölsa, Gemini hissiy mavzu muhokamasida çalkaşib qolganini aytmoqda. Foydalanuvçilarning bir qismi sun’iy intellekt murakkab vazifalardan çarçab, şu orqali öz noroziligini bildirmoqçi ekani haqida hazillaşgan. Google hozirça mazkur vaziyatga izoh bermadi.

Google kompaniyasi Gemini neyrotarmoğini 2023 yil dekabrda işga tuşirgandi. Kompaniya uni sun’iy intellektning eng kuçli va samarali modeli deb atagan. Gemini uçta komponentni öz içiga oladi: Ultra (eng katta va eng funksional), Pro (keng kölamli vazifalar uçun) va Nano (aniq vazifalar va mobil qurilmalar uçun). Ularning barçasi rasmlar, audio va videolarni qöllab-quvvatlaydi.

Avvalroq AQŞda çatbot bilan muloqotda bölib kelgan 14 yoşli ösmir keyin öz joniga qasd qilgani töğrisida