Milliarder Ilon Mask saylovdan keyingi bir hafta davomida Donald Trampning Floridadagi Mar-a-Lago qarorgohiga deyarli har kuni taşrif buyurdi. Bu siyosatçining atrofidagilarni ğazablantira boşladi, deb yozadi NBC News.

Manbalarning sözlariga köra, Maskning taşrifidan Trampga biznesmendan köra yaqinroq bölgan odamlar «çarçay boşlagan». Ular Mask öz roli çegarasidan çiqib ketayotganini aytmoqda.

«U özini ham prezident sifatida tutyapti va hammaning bundan xabari borligiga işonç hosil qilmoqçi. U özini prezidentning ğalabasiga katta hissa qöşgan deb hisoblayapti. America PAC (Mask Trampning saylovoldi kampaniyasini qöllab-quvvatlaş uçun oçgan qömita) va X ijtimoiy tarmoği bilan tinglaşni xohlagan barçaning oldida maqtanmoqda. U Trampni özining oldida qarzdor sifatida his qilişiga majburlayapti. Prezident heç kimga, heç narsaga majbur emas», — deydi telekanal suhbatdoşlaridan biri.

NBC News ma’lumotlariga köra, Mask Mar-a-Lagoga 5 noyabr kuni saylov natijalarini kuzatiş uçun kelgan va keyingi haftaning asosiy qismini u yerda ötkazgan. Telekanal manbalarining ta’kidlaşiça, milliarder qarorgohga kunning istalgan vaqtida taşrif buyurib, Trampning yonida ötirgan holda uning qönğiroqlari va uçraşuvlariga qöşilmoqda.

Boşqa bir manbaning aytişiça, Mask «hamma narsa haqida öz fikriga ega» va buni şu qadar qat’iyat bilan singdirişga urinmoqdaki, bu Tramp doirasiga noqulaylik tuğdiryapti. «U özini barça masalalar böyiça ovoz beriş huquqiga ega sifatida qabul qilişlarini xohlayapti. Aslida bunday bölmasa ham», — deya qöşimça qiladi telekanal suhbatdoşi.

Trampning özi Vakillar palatasidagi respublikaçilar bilan uçraşuvda Mask haqida iliq fikr bildirgan. Bir safar u milliarder doim yonida ekani haqida ham töxtalib ötgan: «Ilon uyiga ketişni istamayapti. Men undan qutula olmayapman». Kongressmenlar bu şunçaki hazil sifatida aytilganini ta’kidlamoqda.

Ilon Mask Donald Trampning saylovoldi kampaniyasida «muhim figura»ga aylandi. U siyosatçini moliyalaştirişga yordam berdi. Biznesmen, şuningdek, Trampning kadr masalalari böyiça qarorlariga ta’sir körsatişni boşladi.