Quyoş panellari importiga çeklov, salkam 300 mln dollarga quriladigan yöl, bolalarni zöravonlikdan himoya qiliş haqida qonun — kun davomida Kun.uz'da yoritilgan mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.
Panel importiga çeklov
2025 yil 1 yanvardan boşlab Özbekistonda BNEF Tier-1 xalqaro röyxatiga kirmaydigan işlab çiqaruvçilarning quyoş panellari, invertorlar va energiya saqlaş tizimlarini import qiliş taqiqlanadi. Bu 11 sentabrda imzolangan prezident farmonida közda tutilgan, deya xabar bermoqda Gazeta.uz. Farmon jamoatçilik uçun oçiq e’lon qilinmagan.
Hujjatga köra, BNEF Tier-1 röyxati Energetika vazirligi va Bojxona qömitasining rasmiy veb-saytlarida muntazam e’lon qilib borilişi va har oyda yangilab borilişi kerak.
Bu röyxat Bloomberg agentligining tegişli bölinmasi tomonidan işlab çiqilgan bölib, har çorakda yangilanadi, şu sabab kompaniyalar doimiy ravişda röyxatga kiritiladi va undan çiqariladi. Tier-1 maqomi quyoş panellari yetkazib beruvçisining moliyaviy barqarorligini körsatadi, lekin panellarning sifatini özida aks ettirmaydi.
Ma’lumot uçun, Özbekistonda quyoş panellari işlab çiqaradigan qator korxonalar mavjud. Joriy yilda ularning qatoriga Şveytsariyada ta’sis etilgan kompaniyalarga tegişli “Nukus Elektroapparat” va Enter Engineerinğga aloqador Enter Green Solar kompaniyalari ham qöşilgan.
Salkam 300 mln dollarlik yöl
Xorazm viloyatida bir neçta tumanlarni boğlovçi avtomobil yöli rekonstruksiya qilinadi. Prezident qaroriga köra, “Urgançdan boşlanib, Xonqa, Hazorasp, Toşsoqa va Amudaryo orqali A380 magistraliga olib boruvçi avtomobil yölining dastlabki 81 kilometrlik qismi qaytadan quriladi.
Rekonstruksiya işlari 2024 yilda boşlanib, 2029 yilda yakunlanişi közda tutilgan. Loyiha qiymati 294 mln dollar bölib, uni moliyalaştiriş uçun Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan 18 yil muddatga, 4 yillik imtiyozli davr bilan 238 mln dollar kredit olinadi.
Dastlabki örganiş natijalariga köra, xarajatlarni 32,7 million dollargaça optimallaştiriş mumkinligi aniqlangan. Bu mablağ Xorazm viloyatidagi “Urganç – Gurlan – Manğit – Turkmaniston Respublikasi çegarasi” avtomobil yölining 5-kilometridan 75-kilometrgaça bölgan oraliq qismini rekonstruksiya qiliş loyihasiga yönaltiriladi.
Farmonga köra, Xorazm viloyati hokimligi rekonstruksiya qilinadigan avtomobil yöllarining yoqalariga 30 ming tup manzarali daraxt va buta köçatlarini ekişi kerak.
Bolalar himoyasi uçun qonun
“Bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş töğrisida”gi qonun prezident tomonidan imzolandi. Qonunda bolaga nisbatan jismoniy, jinsiy va ruhiy zöravonlikdan taşqari, yangi huquqiy tuşunçalar ham kiritilgan. Ğamxörlik körsatmaslik, ekspluatatsiya, bulling kabilar şular jumlasidan.
Qonun bilan, davlat bolalarni zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş uçun çoralar köriş, zöravonlikdan jabrlanuvçilarni reabilitatsiya qiliş, ularning huquqlarini tiklaşni öz zimmasiga olmoqda. Hujjatda mutasaddi organlarning bolalarni zöravonlikdan himoya qilişga oid maxsus vakolatlari, özaro işlaş mexanizmi va mas’uliyat doirasi körsatilgan.
Qonunning 11-moddasiga köra, prezident huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi bolalarning zöravonlikning barça şakllaridan himoya qiliş sohasidagi vakolatli davlat organi deb belgilandi. Vakolatli davlat organi bolaning hayotiga yoki soğliğiga bevosita tahdid tuğilgan hollarda bolani ota-onasidan olib qöyiş huquqiga ega. Qonun 2025 yil 15 may kuni kuçga kiradi.
Avtomobil bozoridagi vaziyat
2024 yilning 3-çoragida Özbekiston avtomobil bozorida faollik darajasi oşdi, lekin hamon sotuvlar kölami 2023 yilgi darajaga qaytmagan. Bu haqda Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti xabar bermoqda.
Institut tahlillariga köra, iyul-avgust-sentabr oylarida davlat röyxatidan ötkazilgan avtomobillar soni salkam 353 mingtani taşkil etgan. Bu 2-çorakka nisbatan 28 foizga köp. Lekin ötgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda, bozordagi faollik 20 foizga pasaygan.
Tadqiqotçilar avtomobil bozoridagi faollik darajasiga ta’sir qiluvçi ikki muhim omilni qayd etgan. Banklar tomonidan avtokreditlar ajratilişi birinçi omil bölsa, ikkinçi omil – aholi daromadlari bilan boğliq.
Yangiyölda yangi hokim
Toşkent viloyati Yangiyöl şahri hokimi Dilşod Sultonov lavozimidan ozod etildi. Bu haqda Toşkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev iştirokida ötgan şahar kengaşi sessiyasida ma’lum qilindi. Uning örniga Ravşan Isoqjonoviç Raimov Yangiyöl şahrining yangi hokimi etib tayinlandi. Raimov faoliyati davomida soliq tizimida rahbarlik lavozimlarida işlagan. 2020–2023 yillarda Toşkent viloyati soliq boşqarmasi boşliği, şundan keyin esa Toşkent şahar soliq boşqarmasi boşliği örinbosari vazifasida işlab kelayotgandi.
Dilşod Sultonovning lavozimdan olingani sababi ma’lum emas. U Yangiyöl şahrini 2023 yil avgust oyidan beri boşqarib kelayotgandi. Sultonov undan oldin 5 yil davomida moliya vaziri örinbosari bölib işlagan.
Eslatib ötamiz, ötgan oyda prezident Şavkat Mirziyoyev Toşkent viloyatiga, xususan Yangiyölga taşrif buyurgan, taşrif doirasidagi majlisda viloyat hokimining ikki nafar birinçi örinbosari işdan olingandi.











