20 noyabr, çorşanbaga ötar keçasi Rossiya Federatsiyasining töqqizta mintaqasi – Novgorod, Kursk, Oryol, Belgorod, Tula, Tver, Bryansk, Moskva va Smolensk oblastlariga Ukraina uçuvçisiz uçiş apparatlari (UUA) tomonidan hujum qilindi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. Uning versiyasiga köra, havo hujumidan mudofaa tizimlari Ukrainaning 44 ta samolyot tipidagi dronlarini yöq qilgan va tutib olgan.
Ertalab HHM Bryansk oblastida uçta Ukraina uçuvçisiz uçoğini, Oryol va Belgorod oblastlari uzra yana ikkita uçuvçisiz uçoqni urib tuşirdi, deya xabar qildi mudofaa idorasi.
Astra: Boş raketa-artilleriya boşqarmasi arsenaliga hujum qilindi
Novgorod oblasti gubernatori Andrey Nikitin raisligida favqulodda vaziyatlarni bartaraf etiş böyiça komissiya yiğilişi bölib ötdi. Unga köra, Kotovo posyolkasi aholisi Okulovka şahridagi vaqtinçalik yaşaş markazlariga joylaştirilgan.
Astra Telegram-kanali xabariga köra, Kotovo posyolkasida Rossiya Mudofaa vazirligining Boş raketa-artilleriya boşqarmasining 13-arsenaliga hujum qilingan. Gubernator arsenalga qilingan hujum faktini tasdiqlamadi.
Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi qoşidagi dezinformatsiyaga qarşi kuraş markazi rahbari Andrey Kovalenkoning sözlariga köra, dronlar haqiqatan ham arsenalga zarba bergan.
Astra yozganidek, UUA Samara oblastiga ham zarba berdi, Sosnovka posyolkasiga kiriş yöllari tösib qöyilgan, uning yonida neft ombori joylaşgan, mahalliy aholining sözlariga köra, dronlar aynan unga hujum qilişga uringan. Neft omboriga qilingan hujum rasman tasdiqlanmagan.
Avvalroq Voronej oblasti Kamenskiy rayonida uçuvçisiz uçiş apparatlari sanoat korxonasiga hujum qilgani ma’lum bölgan edi. 19 noyabr kungi hujum haqida mintaqa gubernatori Aleksandr Gusev ma’lum qildi. Uning sözlariga köra, gap beştadan ortiq dron haqida ketyapti. Rasmiy qaysi obektga zarba berilganiga aniqlik kiritmadi, lekin u «faqat fuqarolik mahsulotlarini» işlab çiqarişini aytdi.
Korxonada yonğin sodir böldi, biroq bir munça vaqt ötgaç, u öçirildi, deya qöşimça qildi Gusev. Xodimlar evakuatsiya qilindi. Gubernator qurbonlar yöqligiga işontirdi. Hududda dron hujumlari xavfi saqlanib qolmoqda, deya ta’kidladi rasmiy.













