Amerika armiyasi Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni olib qoçganidan keyin Davlat departamenti sahifalarida «Bu bizning yarimşar», degan post paydo böldi. Bu Ğarbiy yarimşar AQŞ ta’sir doirasida, degani edi. Tramp ikkinçi muddatida bu ğoyaga köp urğu bermoqda.
Ğarbiy yarimşarni «Yevropa ta’siridan xoli hududga aylantiriş» keçagi gap emas, bu ğoyani ilk marta 1823 yil AQŞning beşinçi prezidenti Jyeyms Monro ilgari surgan. Quloğingizga çalingan bölsa kerak, şu kunlarda «Monro doktrinasi» degan gap tez-tez aytilmoqda, Tramp ham şu haqda gapirdi. Bu aynan Ğarbiy yarimşarni «Amerika ta’siridagi hududga aylantirişni közda tutuvçi» doktrina.
Uç asrlik da’vo
AQŞ prezidentlari azaldan yil yakunida Kongressga va bu orqali millatga murojaat qilib kelgan. Bu rasmiy maqomda prezidentlarning ularni saylagan saylovçilarga hisob berişi deyiş mumkin. AQŞning beşinçi prezidenti Jyeyms Monro 1823 yil dekabrda ana şu murojaatnomasi vaqtida «butun Amerika kontinentini Yevropa kolonializmidan himoya qiliş kerak» degan ğoyani ilgari suradi. Yevropaliklar hozir odobli bölib qolişdi, öşa vaqt ular şlyapani bostirib, soyabonni hassa qilgan-da, «kesak solingan döppi qayerga borib tuşsa» (Hojiboy Tojiboyevdan iqtibos — mual.), öşa yerni egallab olavergan.
Prezident Monro tarixiy murojaatida Amerika Ğarbiy yarimşardagi yevropaliklar kolonnaga aylantirgan davlatlarni tan olişi, ularning heç bir işiga aralaşmasligi, lekin Ğarbiy yarimşarda yangi kolonnalar oçilişiga yöl qöymasligini aytadi. «Mintaqada yangi davlatni kolonna qilişga urinişni AQŞga töğridan-töğri qilingan hujum deb qabul qilamiz», deydi prezident Monro 200 yil avval.
Jyeyms Monro öşa gaplarini doktrina deb tafsiflamaydi, bu şunçaki murojaat edi. Lekin vaqt ötgan sayin amerikaliklar uçun Ğarbiy yarimşarni öz ta’sir doirasidagi hududga aylantiriş masalasi aktuallaşib boradi. 30 yil ötib Monroning gaplarini «Monro doktrinasi» sifatida qayd etişadi.
20 asr boşida Britaniya, Germaniya va Italiya qarzini tölamagani uçun Venesuela atrofida dengiz blokadasi örnatadi. AQŞ bunga qarşilik qilmaydi, çunki Monro doktrinasida faqat qaysidir davlat egallab olinişi hujum sifatida qaraladi, deb aniq aytilgandi.
Vaziyat jiddiylaşib, nemislar Venesuelaga desant tuşirmoqçi böladi. Şunda AQŞ prezidenti Teodor Ruzvelt Venesuela qirğoğiga Amerika harbiy flotini yuborib, nemislarga uruş bilan tahdid qilgaç, yevropaliklar muzokara ötkazişga majbur böladi.











