Qayta tasdiqlangan boş vazir, 2025 yil uçun berilgan nom, Qozoğiston va Tojikistonga ID-karta bilan boriş imkoniyati va yangi hukumat oldiga qöyilgan vazifalar — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Abdulla Aripov yana boş vazir
Prezident Yangi Özbekiston yangi parlamenti bilan birga öz taraqqiyotining hal qiluvçi bosqiçiga qadam qöyayotganini ta’kidladi. Bu yangi davrda keçagi talab va mezonlar bilan, eskiça işlab bölmasligi qayd etildi.
Şu bois hukumat öz faoliyatini mutlaqo yangiça asosda taşkil etişi kerak, buning uçun unga kuçli rahbar, ya’ni boş vazir zarur, dedi prezident.
Davlat rahbari Özbekiston Respublikasi boş vaziri lavozimiga Abdulla Niğmatoviç Aripov nomzodini körsatişga qaror qilganini aytdi.
Prezident Abdulla Aripov nomzodini deputatlar muhokamasiga taqdim etdi. Yaşirin ovoz beriş yöli bilan deputatlar Abdulla Aripovni Özbekiston Respublikasi Boş vaziri lavozimiga ma’qulladi.
63 yoşli Abdulla Aripov 2016 yil 13 sentyardan buyon Özbekiston hukumatini boşqarib kelmoqda.
2025 yilga nom berildi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Qonunçilik palatasi majlisidagi nutqida ekologiya va iqlim özgarişi masalalariga töxtaldi.
Mamlakatimizda uç yil avval “Yaşil makon” umummilliy loyihasi boşlangani, qöşni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasini amalga oşirişga kirişilgani qayd etildi. Poytaxtimizda Markaziy Osiyo atrof-muhit va iqlim özgarişlarini örganiş universiteti taşkil etildi.
Bildirilgan tavsiyalardan kelib çiqqan holda, bu boradagi işlarni yangi, yanada yuksak bosqiçga kötariş maqsadida Şavkat Mirziyoyev 2025 yilni yurtimizda “Atrof-muhitni asraş va “yaşil” iqtisodiyot yili” deb e’lon qilişni taklif etdi.
Hukumat yil nomida belgilangan eng muhim vazifalar böyiça davlat dasturini işlab çiqişi belgilandi.
Bu dasturda “yaşil” texnologiyalarni joriy etiş, suvni tejaş, kökalamzor hududlarni keskin köpaytiriş, Orol fojiasining oqibatlarini yumşatiş, çiqindilar muammosini hal qiliş, eng muhimi, aholi salomatligini mustahkamlaş kabi masalalar ustuvor ahamiyat kasb etişi zarurligi ta’kidlandi.
Qozoğiston va Tojikistonga ID-karta bilan
Ayni paytda Özbekiston fuqarolari Qirğizistonga ID-karta bilan bemalol borib-kelmoqdalar. Endi şunday tartibni Qozoğiston va Tojikiston bilan ham joriy etiş rejalaştirilgan. Bu haqda prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisida aytib ötdi.
Döst va hamkorlar doirasini kengaytiriş, yaqin qöşnilar bilan mintaqaviy hamkorlikni çuqurlaştiriş öta muhim vazifadir, dedi prezident.
Kelgusi yili yurtimizda bölib ötadigan “Markaziy Osiyo beşligi” uçraşuvi şu yöldagi yana bir ulkan amaliy qadam böladi. Hozir fuqarolar Qirğizistonga ID-karta bilan bemalol borib-kelmoqda. Endi şunday tartibni Qozoğiston va Tojikiston bilan ham joriy etiş rejalaştirilgan.
Prezident belgilagan vazifalar
Bugun prezident Şavkat Mirziyoyev iştirokida Oliy Majlis Qonunçilik palatasining majlisi bölib ötdi. Unda prezident tomonidan bir qator vazifalar va rejalar belgilab berildi. Ularning eng muhimlarini sanab ötamiz.
Özbekiston Qurolli Kuçlari salohiyatini oşirişga e’tibor kuçaytiriladi.
“Mamlakatimiz xavfsizligi, yurtimiz mudofaasi nafaqat Qurolli Kuçlar va huquqni muhofaza qiliş idoralari, barça insonlarning muqaddas burçidir. Buning uçun yagona Vatan, köp millatli yagona ahil oila tuyğusi har birimizning qalbimiz, yuragimizdan çuqur joy olişi lozim”, — dedi prezident.
Dunyoda turli xatar va tahdidlar avj olib borayotgan hozirgi şaroitda Qurolli Kuçlarning jangovar va ma’naviy salohiyatini oşirişga e’tibor yanada kuçaytirilişi belgilandi.
Özbekistonda bu yil yalpi içki mahsulot hajmi 110 mlrd dollarga yetişi kutilmoqda.
“Özbekiston – 2030” strategiyasida kelgusi yillar uçun katta marralar belgilab olingani, xususan, mamlakat yalpi içki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga yetkaziş maqsad qilib qöyilgan.
Ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi özgarişlarni jadal davom ettirilsa, 2030 yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 mlrd dollarga yetkaziş mumkinligiga işonç bildirildi.
2025 yilda 1 mln aholini kambağallikdan çiqariş hukumat iqtisodiy kompleksi asosiy vazifasi böladi.
Şu maqsadda kambağal oilalar bolalari maktablarda çet tili, kasb-hunar va IT böyiça bepul bilim olişi uçun 500 milliard söm ajratiladi. Ijtimoiy ahvoli oğir 1 mingta mahallada infratuzilmani yaxşilaş dasturi amalga oşiriladi.
Kambağallik darajasi sönggi 4 yilda 23 foizdan 11 foizga tuşdi. Bu yil 9 foizga tuşişi kutilmoqda. Kambağallikni qisqartiriş va aholi farovonligini oşirişga jami 46,5 trillion söm mablağ sarflanadi.
Özbekiston qişloq xöjaligida importni 50 foizga qisqartiriş rejalaştirilmoqda. Hukumat qişloq xöjaligida işlab çiqarişni 1,3 barobar oşirişi, har gektar yerdan olinadigan örtaça daromadni 5 ming dollarga yetkazişi zarurligi ta’kidlandi.
Yangi yilda suv tejaydigan texnologiyalarni joriy qilişga 5 trillion söm, kanallarni betonlaşga 800 milliard söm yönaltiriladi.










