Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda bu yil YaIM hajmi 110 mlrd dollarga yetishi kutilmoqda
Yangi hukumat, barcha rahbarlar birgalikda qattiq ishlab, islohotlar shiddatini pasaytirmasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi o‘zgarishlarni jadal davom ettirsa, 2030 yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 mlrd dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirildi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida Oliy Majlis Qonunchilik palatasining majlisi bo‘lib o‘tyapti.
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasida kelgusi yillar uchun katta marralar belgilab olingan.
Xususan, mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmini 160 milliard dollarga yetkazish maqsad qilib qo‘yilgan.
Dastlab bunga ayrimlar shubha yoki ikkilanish bilan qaragan, lekin o‘z vaqtida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilgani, barcha imkoniyatlar ishga solingani tufayli bu yilning o‘zida yalpi ichki mahsulot hajmi 110 milliard dollarga yetishi kutilmoqda.
Yangi hukumat, barcha rahbarlar birgalikda qattiq ishlab, islohotlar shiddatini pasaytirmasdan, ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy hayotdagi o‘zgarishlarni jadal davom ettirsa, 2030 yilga borib, iqtisodiyot hajmini 200 milliard dollarga yetkazish mumkinligiga ishonch bildirildi.
Bu natijani ta’minlash orqali aholining turmush darajasi va sifatini keskin yaxshilashga erishiladi.
“Yana bir bor aytaman, bunday natijalarga erishish uchun kuch va imkoniyatimiz ham, salohiyatimiz ham yetadi!” - dedi prezident.
Mavzuga oid
09:51 / 21.03.2026
Ho‘rmuz bo‘g‘ozining blokadasi jahon YaIMni 2,9 foizga pasaytirishi mumkin
13:57 / 20.03.2026
O‘zbekiston 2026 yilda 167 mlrd dollarlik YaIMga erishishni rejalashtirmoqda
11:40 / 05.03.2026
Xitoy 1991 yildan beri eng past YaIM o‘sishi maqsadini belgiladi
12:08 / 26.02.2026