20 noyabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Chilonzor tumanida ko‘p qavatli uylar pod’yezdlarida turgan velosipedlar va kolyaskalarni PPX xodimlari yig‘ishtirib olib ketgani aytilgan video tarqaldi.
“Mana, Lutfiy mahallasi fuqarolari, hamma kvartaldan “PPS” xodimlari... Qaysi pod’yezd, qaysi kvartiradan olganligigacha birka qilib yozib qo‘yyapti. Pod’yezdga iloji boricha velik, kolyaska qo‘ymanglar. Hamma o‘ziga tegishli buyumlarni uyiga olib kirib qo‘ysin. Agar mobodo pod’yezdga qo‘yganlaring bo‘lsa, ertaga sarson-sargardon bo‘lib, 3-sonli IIBdan tilxat bilan olib ketasizlar”, – deydi video muallifi bo‘lgan noma’lum erkak.
Naqadar yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo. Jonajon militsiyamiz pod’yezdlardan kolyaskalar yig‘ishtirib yuribdi, boshqa ish yo‘qku axir pic.twitter.com/8ms9ngb8BG
— out of order (@osmonowa) November 20, 2024
Video ijtimoiy tarmoqlarda ko‘plab muhokama va e’tirozlarni keltirib chiqardi.
Tarmoqlarda yozilishicha, IIB xodimlari fuqarolarning ko‘p qavatli uylar pod’yezdlarida qoldirilgan velosiped va kolyaskalarini olib ketib, ularning egalariga: “Agar, mabodo, o‘g‘irlatib qo‘ysam, o‘zim sababchi bo‘laman”, deb ariza yozdirishgan.
“Kimda-kim o‘ziga tegishli mulk haqida O‘zbekiston huquq-tartibot organlariga yuqoridagi kabi mazmunda ariza/tilxat yozib bersa va mulkini o‘g‘irlatib yo yo‘qotib qo‘ysa, O‘zbekiston huquq-tartibot organlari o‘sha mulkni qidirmaslikka haqli bo‘ladimi?
G‘alati emasmi? Fuqarolar va ularning mol-mulki xavfsizligini ta’minlay olmay, ularga “narsamni yo‘qotsam, o‘zim sababchi bo‘laman” deb ariza yozdiradigan huquq-tartibot organlarining nima keragi bor?” – deya savol qo‘ygan jurnalist Muhrim A’zamxo‘jayev.
U ushbu amaliyotdan jabrlangan yana ikki kishining hikoyalarini e’lon qildi. Ularning birida PPX xodimlari fuqaroning kolyaskasini olib ketib, ehson qilib yuborgan, natijada fuqaro boshqa kolyaska sotib olishga majbur bo‘lgan
















