Prezidentning 2022 yil 14 iyuldagi PQ-319-sonli qaroriga asosan, transformatsiya dasturi natijasida korxona investitsion jozibadorligini oşiriş va xalqaro reyting oliş vazifalari belgilangan edi. Uşbu sa’y-harakatlar öz natijasini berib, "Navoiyuran" DK Standard & Poor’s Global Ratings agentligi tomonidan uzoq muddatli defolt reytingida (Long term issuer default rating) BB-/barqaror (Stable) darajasi bilan baholandi. Şu tariqa, korxona Özbekistondagi yirik sanoat davlat korxonalari orasida ikkinçi örinni egalladi.

Şu bilan birga, korxonaning balansida mavjud bölgan 17 ta konning uran zaxiralari JORC code standartlari asosida 71 ming tonna etib baholandi. Şuningdek, korxona 2022-2023 yillarga oid moliyaviy hisobotlarini ilk bor xalqaro standartlarga muvofiq tayyorlab, Deloitte auditorlik kompaniyasidan ijobiy xulosa oldi.
Standard & Poor’s Global Ratings hisobotida "Navoiyuran" DK dunyodagi uran işlab çiqaruvçi yirik kompaniyalar orasida 5-örinni egallaşi va işlab çiqariş xarajatlari böyiça eng past körsatkiçlarga ega ekanligi ta’kidlangan.
Korxonaning transformatsiya dasturi doirasida amalga oşirilgan qator işlar, jumladan, uzoq yillik strategiyalar, operatsion samaradorlik, xalqaro ekspertlarni jalb qiliş va korporativ boşqaruv tizimini takomillaştiriş böyiça natijalar e’tirofga sazovor böldi. Korxona xalqaro darajadagi ISO 45001, ISO 50001, ISO 27001, ISO 14001 va ISO 9001 kabi sertifikatlarga ega böldi hamda 2022-2023 yillarga oid "Barqarorlik hisobotlari" (Sustainability Report) ni Global Reporting Initiative standartlari asosida tayyorladi.
Korxona, şuningdek, Fransiyaning "Orano Mining" va Yaponiyaning "JOGMEC" hamda "ITOCHU" kabi yetakçi kompaniyalari bilan tuzilgan strategik hamkorlik kelişuvlari doirasida yirik investitsiya loyihalarini amalga oşirişni davom ettirmoqda.
Ma’lumot uçun: Standard & Poor’s Global Ratings xalqaro moliya bozorlari iştirokçilari uçun kompaniyalar faoliyati yuzasidan mustaqil tahlillarni taqdim etuvçi dunyodagi eng nufuzli reyting agentliklaridan biri hisoblanadi.







