Germaniya taşqi işlar vaziri Annalena Berbok Germaniyaning DHL logistika konserni yuk samolyotining Vilnyusda qulaşi va bir kişining ölimiga sabab bölgan vaziyatda «gibrid hodisa» haqida gapiriş mumkinligini istisno qilmadi. Germaniya taşqi işlar vazirligi rahbarining 25 noyabr, duşanba kuni aytgan sözlarini Reuters agentligi keltirdi.

«Biz — litvalik va ispaniyalik hamkorlarimiz bilan birgalikda bu baxtsiz hodisami yoki [...] boşqa gibrid voqeami, hozir qanday notinç vaqtlarda yaşayotganimizni körsatişimiz kerak», — deya ta’kidladi Berbok.

«Germaniya hukumati Litva rasmiylari bilan nima bölganini tuşuniş uçun juda yaqin hamkorlik qilmoqda», deya qöşimça qildi u.

Litva mudofaa vaziri: Tergov «taxminan bir hafta davom etişi mumkin»

Litva mudofaa vaziri Laurinas Kasçyunas, öz navbatida, «hozirça bu qöporuvçilik yoki terrorçilik harakati ekanligini tasdiqlovçi heç qanday alomat yoki dalil yöq», deb ta’kidladi. Uning sözlariga köra, falokat sabablarini örganiş «taxminan bir hafta» davom etişi mumkin, deb xabar berdi AFP.

Litva Davlat xavfsizlik departamenti direktori Daryus Yaunişkisning ta’kidlaşiça, Rossiya «borgan sari tajovuzkor» bölib borayotgan bölsa-da, «terrorizm holatini istisno etib bölmaydi», «biz hozirça heç qanday xulosa çiqara olmaymiz yoki (heç kimga) barmoq bilan işora qila olmaymiz».

Litva boş vaziri Ingrida Şimonite ijtimoiy tarmoqlarni tergovda «şoşilinç xulosalar çiqarişdan saqlanişga» çaqirdi.

Germaniyaning aviatsion hodisalarni tergov qiliş federal boşqarmasi Litva tergov organlarini voqea joyida qöllab-quvvatlamoqda.

Litva prezidenti Gitanas Nauseda Germaniya va Ispaniya elçilari (uçuvçilardan biri Ispaniya fuqarosi) bilan birgalikda falokat joyiga taşrif buyurib, mahalliy aholi bilan suhbatlaşdi.