Annalena Berbok 8-iyun kuni 2025-yilda halok bölgan BMT xodimlarini xotirlaşga bağişlangan marosimda iştirok etgan. 14-avgust kuni UN Watch nodavlat taşkiloti uşbu tadbirdan olingan kadrlarni e’lon qilib, Berbokni tanqid qildi.
Die Welt ma’lumotiga köra, marosim davomida 2025-yilda halok bölgan jami 136 nafar BMT xodimi xotirlangan.
BMT ma’lumotlariga köra, ularning 80 nafari Falastinlik qoçqinlarga yordam körsatiş va işlarni taşkil etiş böyiça Yaqin Şarq agentligi - UNRWA xodimlari bölgan.
Marosimda BMT boş kotibi Antoniu Guterriş ham iştirok etgan. Guterriş va Berbok halok bölgan xodimlar xotirasiga şam yoqqan.
UN Watch nima uçun e’tiroz bildirmoqda?
Mojaroga marosimda Imad Al-Samxurining ismi ham öqilgani sabab böldi. U avval Ğazo sektorida öqituvçi bölib işlagan va UNRWA maktablaridan biriga rahbarlik qilgan.
UN Watch ma’lumotlariga köra, Al-Samxuri ayni paytda HAMASning harbiy tuzilmasida qömondon ham bölgan.
Taşkilot direktori Hillel Noyer BMT boş kotibi Antoniu Guterriş va Annalena Berbokni oçiq maktub orqali uzr söraşga çaqirdi.
Noyer BMT marosimida HAMASning harbiy qömondoni sifatida körsatilayotgan şaxs ham xotirlangani yuzasidan izoh talab qildi.
Al-Samxuri haqida qanday dalillar keltirilmoqda?
UN Watch öz da’volarini, jumladan, HAMAS tomonidan Al-Samxuriga bağişlab tarqatilgan videoga asoslamoqda.
Taşkilotga köra, uşbu videoda Al-Samxuri HAMASning harbiy qanoti - «Izz ad-Din al-Qassam brigadalari» tarkibidagi batalonlardan birining dala qömondoni sifatida körsatilgan.
UN Watch ijtimoiy tarmoqlardagi boşqa materiallarga ham işora qilib, Al-Samxuri HAMAS vakillari bilan aloqada bölgani va terrorçilikni uluğlovçi qaraşlarni qöllab-quvvatlaganini iddao qilmoqda.
Biroq Die Welt muhim jihatga e’tibor qaratgan: UN Watch oçiq maktubida uşbu da’volarning mustaqil manbalar tomonidan tasdiqlangan dalillari keltirilmagan.
















