Boş konsulxona xabariga köra, sönggi yillar davomida Özbekistonda tergov va suddan yaşiringan ayrim şaxslarning Turkiya hududida yaşirinişga urinişi bilan boğliq köplab holatlar kuzatilmoqda. Şu bilan birga, Turkiya va Özbekiston içki işlar vazirliklari örtasidagi özaro huquqiy yordam tadbirlari doirasida bu kabi şaxslarga nisbatan jinoiy taqibni amalga oşiriş samarali körinişga ega bölgan.
«Jumladan, birgina 2024 yilning 10 oyida javobgarlikdan qutuliş maqsadida yillar davomida qardoş davlat hududida yaşirinib yurgan 37 nafar ayblanuvçilar qölga olinib, odil sudlov hukmiga havola etildi. Bundan buyon qidiruvdagi şaxslarni qölga oliş tadbirlari yanada kuçaytiriladi, jinoyatçilikka qarşi murosasiz kuraş jadal davom ettiriladi, jinoyat uçun javobgarlik prinsipi qat’iy ta’minlanadi», — deyiladi konsullik xabarida.
Şuningdek, konsulxona qidiruvdagi şaxslar uçun yagona va eng töğri yöl — «Özbekistonning xorijdagi vakolatxonalariga yoki respublika huquqni muhofaza qiluvçi idoralariga murojaat qiliş, tergov va sud protsessida qonuniy himoya huquqidan foydalaniş» ekanligini eslatib ötgan.
Joriy yil 12 sentabr kuni Toşkentda Özbekiston va Turkiya taşqi işlar, içki işlar vazirlari hamda xavfsizlik xizmati rahbarlari örtasida bölib ötgan muzokaralarda ikki mamlakat huquqni muhofaza qiluvçi idoralari örtasida munosabatlarni institutsionallaştiriş, oçiq qolayotgan huquqiy masalalarni tartibga soliş ustida kelişuvlar imzolangan edi.

Kun.uz muxbiri uşbu uçraşuv atrofida kötarilgan masalalar yuzasidan siyosatşunos Fazliddin Madiyev bilan suhbatlaşgan.







