Turkiyaning Erzurum şahri mintaqaviy sudi öz qalliği - rossiyalik faol Anastasiya Yemelyanovani öldirganlikda ayblangan Suriya fuqarosi Muhammad Nizar Arnabehga nisbatan oqlov qarorini bekor qildi. Bu haqda 26 noyabr, seşanba kuni "Mediazona" sud qaroriga tayanib xabar berdi.

12 noyabrdagi hujjatda aytilişiça, apellyatsiya komissiyasi oqlov hukmi ustidan berilgan şikoyatni asosli deb topgani uçun işni yangidan körib çiqiş uçun qaytarib yuborgan. Turkiyaning DHA naşri ma’lumotlariga köra, Arnabeh 2025 yil yanvarida yana sud oldida javob beradi.

Anastasiya Yemelyanovaning ölimi

Anastasiya Yemelyanovaning ölimi haqida 2023 yil sentabr oyida ma’lum böldi, uning jasadi Erzurumdagi ijaraga olingan kvartiradan topilgan. Yemelyanovaning qalliği, Suriyada tuğilgan Muhammad Nizar Arnabeh qotillikda gumonlanib hibsga olingan. Ayblovga köra, Arnabeh Yemelyanovani kaltaklagan va oyoğini şişa bölagi bilan kesib taşlagan, şundan söng u qon yöqotişdan vafot etgan.

Tergov davomida Yemelyanovaning qalliği körsatmalarini bir neça bor özgartirdi. Dastlabki bayonotga köra, janjal paytida u Yemelyanovani beixtiyor turtib yuborgan va u şişa stol ustiga qulagan. Ammo keyin Arnabeh qizning oyoğiga şişa bölagi bilan bir neça marta urganini tan oldi. Hatto keyinroq, u öşa kuni keçqurun uyda umuman bölmaganini va işdan qaytganida qalliğini kvartirada ölik holda topganini da’vo qila boşladi.

Turkiya sudi rossiyalik faolni öldirişda ayblangan şaxsni oqladi

Turkiyaning Erzurum şahar jinoyat işlari böyiça birinçi sudi may oyi oxirida özining qalliği, rossiyalik femaktivist Anastasiya Yemelyanovani öldirişda ayblangan Suriya fuqarosi Muhammad Nizar Arnabehni oqlagandi. 

32 yoşli Yemelyanovaning jasadi 2023 yil sentabrida Erzurumdagi ijaraga olingan kvartiradan topilgan, u özining qalliği, 29 yoşli Arnabeh bilan köçib kelgan. Erkak qasddan odam öldirişda ayblangan. Turkiya prokuraturasi Arnabeh uçun umrbod qamoq jazosini talab qildi. 

Yemelyanovalar oilasining advokati Begum Osma sud qaroridan afsusda ekanini bildirib, apellyatsiya huquqidan foydalanişga va’da bergandi.