Slovakiyaning Hospodárske noviny iqtisodiy gazetasida "Özbekistonda aholi soni oşmoqda" sarlavhali maqola çop etildi, deb xabar qilmoqda "Dunyo".

Maqola gazetaning xalqaro yangiliklar bölimi boş muharriri, 27 oktyabr kuni mamlakatda bölib ötgan parlament saylovlarida xorijiy OAV vakili sifatida iştirok etgan jurnalist Pavel Novotni tomonidan yozilgan. Unda Özbekistondagi demografik rivojlaniş holati, yoşlarga sifatli ta’lim beriş va malakali kadrlarni tayyorlaşga qaratilgan islohotlar qalamga olingan.

Muallif Özbekiston aholisi har yili 700 mingdan ortiq kişiga ortayotganini, aholining 60 foizini 30 yoşgaça bölgan yoşlar taşkil etişini ta’kidlagan. Qayd etilişiça, yoşlarni malakali kadrlar sifatida tarbiyalaş Özbekiston hukumatining ustuvor vazifasi hisoblanadi.

"Ta’lim mamlakat rivojlanişi yölidagi ustuvor vazifalardan biridir. Özbekiston Hukumati bolalarning maktabga muntazam qatnaşişini doimiy ravişda nazorat qiladi. Agar farzandlari darslarini qoldirsa, ota-onalar javobgarlikka tortilişi mumkin. Bunday qat’iy çoralar öz natijalarini bermoqda. Ya’ni bolalarning 98 foizi maktabga muntazam qatnaydi", – deyilgan naşrda.

Ta’kidlanişiça, Özbekiston yoşlari uçun ta’lim olişga yaratilgan imkoniyatlarning keng doirasi sanoatning turli sohalarida iş olib borayotgan xorijiy kompaniyalar uçun ham katta imtiyozdir. Toşkentning özida 40 dan ortiq turli oliy ta’lim muassasalari mavjud. Jumladan, Xalqaro Vestminster universiteti, Vebster universiteti, Turin politexnika universiteti kabi nufuzli jahon ta’lim brendlarining filiallari faoliyat yuritayotgani xorijlik investorlar uçun mahalliy korxonalariga yetarliça malakali işçi kuçini jalb qiliş imkonini beradi.

Şuningdek, materialda Özbekiston rahbariyati tomonidan sönggi yillarda amalga oşirilgan keng kölamli islohotlar investorlar oqimi köpayişiga katta hissa qöşgani urğulangan.