Eron, Liviya va Venesuela dunyoda benzin narxi eng arzon bölgan mamlakatlar hisoblanadi. Bu Global Petrol Prices ma’lumotlaridan oydinlaşmoqda.
Qayd qilinişiça, Eronda 1 litr benzinning narxi $0,02 (taqqoslaş oson bölişi uçun narxlar AQŞ dollarida keltirilgan), Liviya va Venesuelada $0,03.
Eng qimmati Hongkong ($3,30), Monako ($2,23) va Islandiyada ($2,19).
Özbekistonda 1 litr benzinning narxi $0,99 va bu dunyodagi örtaça narx segmentiga töğri keladi.
Possovet davlatlari orasida eng arzon benzin Turkmaniston ($0,42), Qozoğiston ($0,49) va Rossiyada ($0,57) qayd etilgan. Eng qimmati Moldova ($1,25), Armaniston ($1,33) va Ukrainada ($1,38).
Dunyo böylab benzinning örtaça narxi 1,25 dollarni taşkil qiladi.
Global Petrol Prices ekspertlarining qayd etişiça, boy mamlakatlarda narxlar yuqoriroq, qaşşoq mamlakatlar va neft işlab çiqaradigan va eksport qiluvçi mamlakatlarda esa nisbatan past narxlar mavjud. Yagona istisno - benzin narxi past bölgan iqtisodiy rivojlangan Amerika Qöşma Ştatlari.
Ta’kidlanişiça, turli mamlakatlardagi narxlarning farqi benzinga har xil soliqlar va subsidiyalar bilan boğliq. Barça mamlakatlar xalqaro bozorlarda neftni bir xil narxda sotib oladi, ammo turli soliqlarni qöllaydi. Natijada, benzin narxi har xil.








