3 yoşli gödakning qotiliga 24 yil qamoq, Oqqörğonda kaltaklangan öquvçi, tarixiy rekordni yangilagan dollar kursi va temiryöl transporti töğrisida yangi qonun — kun davomida Kun.uz’da yoritilgan Özbekiston yangiliklari bilan taniştiramiz.
Gödakning qotiliga 24 yil qamoq jazosi
Toşkent şahrida 3 yoşli bolaning vahşiylarça öldirilişi bilan boğliq jinoyat böyiça sud hukmi öqildi. 31 yoşli sudlanuvçi S.M. Jinoyat kodeksining qasddan odam öldiriş, inson hayotiga tajovuz qiliş va qonunga xilof ravişda moddalar saqlaş kabi bir neça moddalari bilan aybdor deb topildi.
U 24 yilga ozodlikdan mahrum qilindi. Jazoning dastlabki 4 yili turmada, qolgan qismi esa qattiq tartibli koloniyalarda ötadi.
Ma’lum bölişiça, jinoyat sodir etilgan paytda sudlanuvçi giyohvandlik moddalari ta’siri ostida bölgan. U birga yaşagan ayolning 3 yoşli öğlini öz qöli bilan öldirgan. Bola uxlayotgan vaqtida uning yuziga yiğma piçoq bilan köplab jarohat yetkazgan.
Sud jarayonida qotil voqeani eslay olmasligini aytgan, biroq ekspertizalar uning aqli raso ekanini tasdiqlagan.
Maktabdagi zöravonlik bolalar ombudsmani nazoratiga olindi
Toşkent viloyati Oqqörğon tumanida informatika öqituvçisi 9-sinf öquvçisini kaltaklagani haqidagi videolavha ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi. Bolalar ombudsmani holatni nazoratga olgani va tergovga qadar tekşiruv işlari boşlangani ma’lum qilindi.
Tekşiruvga köra, 6-umumta’lim maktabidagi öqituvçi öquvçini dars paytida çalğitganlik aybi bilan haqorat qilib, uni urgan.
Hodisa 9 oktyabr kuni sodir bölgan. Jabrlangan öquvçiga jarohat darajasini aniqlaş maqsadida sudga oid tibbiy ekspertiza tayinlangan.
Şuningdek, Bolalar ombudsmani maktablarda bunday holatlarning oldini oliş böyiça çoralar körişni taklif etmoqda.
Dollar kursi tarixiy rekordni yangiladi
Özbekistonda dollar kursi ilk bor 12 ming 925 sömga yetdi. 29 noyabrdan boşlab rasmiy kurs 12 ming 865 söm qilib belgilandi. Bu ötgan kundan 16,67 sömga yuqori. 2024 yil boşidan buyon özbek sömi dollarga nisbatan 4,26 foizga qadrsizlangan.
Rasmiy kurs yil davomida bir neça marotaba oşdi: aprelda 12 ming 700 sömdan, oktyabrda 12 ming 800 sömdan oşgan edi. Milliy valuta qadrsizlanişi inflatsiyaga ham ta’sir körsatişi mumkin.
Şuningdek, 2025-2027 yillarga dollar kursiga oid prognozlar e’lon qilingan: 2025 yilda örtaça 13 ming 250 söm, 2026 yilda 13 ming 725 söm, 2027 yilda esa 14 ming 150 söm bölişi kutilmoqda.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurodovning ta’kidlaşiça, valuta kursining 1 foiz qadrsizlanişi inflatsiyaga 0,3-0,4 foiz ta’sir ötkazadi. Milliy valuta 2022 yilda 3,94 foizga, 2023 yilda esa 9,7 foizga qadrsizlangan edi.
Temiryöl transporti töğrisida yangi qonun
Temir yöl transporti sohasini tartibga soluvçi qonun prezident tomonidan imzolandi. Unda temiryöl transporti faoliyatining qonuniylik, xavfsizlik, ekologik tozalik va oçiqlik kabi asosiy prinsiplari belgilandi.
Davlat organlari temiryöl xodimlarining işiga aralaşişi taqiqlandi. Qatnovlar içki, xalqaro, tranzit va maxsus turlarga bölindi.
Qonun yölovçilarga beş yoşgaça bölgan bolalar, 36 kg qöl yuki va nogironlar uçun zarur texnik vositalarni bepul taşiş huquqini berdi. Tariflar yölovçi, yuk, bagaj va poçta taşiş uçun alohida belgilanadi.
Toşkent vaqti yagona hisoblaş vaqti sifatida qabul qilindi. Qonunning katta qismi 2025 yilning 1 yanvaridan, qolgan qismi esa olti oy içida kuçga kiradi.
Mehnat bozorida talabgor kasblar
Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti ötkazgan sörov natijalariga köra, savdo sohasi mutaxassislari mehnat bozorida eng talabgor hisoblanadi.
Jumladan, onlayn savdo sohasida faoliyat yurituvçilarga ehtiyoj yuqori. Savdo korxonalarining uluşi respublika böyiça 32,5 foizni taşkil etgani bu talabni asoslaydi.
Qişloq xöjaligi va sanoat sohalarida ham talab yuqori. Mexaniklar, agronomlar, traktor haydovçilari kabi mutaxassislarga ehtiyoj sezilarli. Şuningdek, tikuvçilar va töquvçilarga talab oşgan.
Ta’lim sohasida çet tillar, matematika va IT öqituvçilari eng talabgorlar qatoridan örin oldi. Davlat va xususiy sektorlarda esa buxgalterlar, marketologlar, IT dasturçilar va kadrlar böyiça mutaxassislarga ehtiyoj saqlanib qolmoqda.
Malaka talab etmaydigan farroş va boğbonlarga bölgan talab yuqoriligi ham qönimsizlik darajasi bilan boğliq ekani qayd etilgan. Institut kasblar doirasini kengaytirişni va natijalarni jamoatçilikka yetkazişni maqsad qilgan.











