Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov 30 noyabr kuni uçta tuman, bitta şaharga hokim tayinladi. / Foto: Buxoro viloyati hokimligi

29 noyabr kuni prezident Şavkat Mirziyoyev huzurida Buxoro viloyatini rivojlantiriş böyiça tanqidiy yiğiliş bölib ötdi. Rasmiy relizga köra, unda viloyatning iqtisodiy körsatkiçlari mavjud salohiyatga mos emasligi aytilgan, investitsiyalarni özlaştiriş, kambağallik va işsizlikni kamaytiriş borasidagi işlar qoniqarsizligi körsatib ötilgan.

Viloyatdagi hokimlar, ularning örinbosarlari va sektor rahbarlariga 6 oy favqulodda iş tartibiga ötiş topşiriği berilgan.

Yiğilişning ertasiga, 30 noyabr kuni Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov xalq deputatlari Peşku, Vobkent va Qorovulbozor tumanlari hamda Qogon şahri kengaşlarini çaqirib, yangi hokimlarni tayinladi.

Peşku tumanini 2020 yil dekabrdan buyon boşqarib kelgan Vahob Hamidoviç Qahhorov hokim lavozimidan ozod etildi. Uning örniga Hayot Hasanoviç Davlatov tayinlandi. Davlatov 2021 yil mart oyidan beri Kogon şahri hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.

Hayot Davlatov / Foto: Buxoro viloyati hokimligi

Hayot Davlatov 1979 yilda Peşku tumanida tuğilgan. 1999 yilda Sankt-Peterburg davlat universitetini, 2006 yilda Buxoro davlat universitetini, 2011 yilda prezident huzuridagi Davlat va jamiyat qurilişi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi – menejment, iqtisodçi. Iş faoliyatini Buxoro viloyati monopoliyadan çiqariş va raqobatni rivojlantiriş hududiy boşqarmasida oddiy nazoratçi sifatida boşlab, Buxoro viloyati hokimligi Iqtisodiyot boş boşqarmasi boşliği örinbosari, Buxoro viloyati Qurilişda tanlov savdolari va narxlarni şakllantiriş konsalting markazi direktori, Buxoro viloyati Investitsiya boş boşqarmasi boşliği, Buxoro viloyati quriliş boş boşqarmasi boşliği lavozimlarida işlagan.