Gurjistonda bölib ötgan norozilik namoyişlaridagi zöravonliklar böyiça mas’uliyat Yevropa siyosatçilari va muxolifatning zimmasida, deydi mamlakat boş vaziri Irakliy Kobaxidze brifingda.
«Keçagi zöravonlik mitingi böyiça asosiy mas’uliyat Yevropadagi tegişli siyosatçilar va byurokratlar, mahalliy agentura, törtta siyosiy partiya sifatida taqdim etilgan beşinçi kolonna zimmasida», — deydi Kobaxidze.
Uning fikriça, «yevropalik siyosatçilar va byurokratlar» Gurjistonni «ukrainalaştirişga» urinmoqda va muntazam Yevropa Ittifoqi a’zoligiga nomzod maqomi masalasini mamlakatda «jamiyatni zaiflaştiriş, qutblaş va sun’iy ravişda böliş»da foydalanyapti.
«Radikallar va ularning xorijdagi xöjayinlari har safar Gurjistonni ukrainalaştiriş va vaziyatni keskinlaştiriş uçun yangi sabablarni öylab topişga urinmoqda. Ular 2013 yildagi Ukrainadan farqli ölaroq, Gurjiston kuçli institutlarga va eng muhimi, bukilmas matonatli tajribali hamda dono xalqqa ega mustaqil davlat ekanini anglamayapti. Gurjistonda «maydon» ssenariysi röy bermaydi», — deydi boş vazir.
Kobaxidzening ta’kidlaşiça, 30 noyabr keçasi Tbilisida politsiya «mamlakat konstitutsiyaviy tuzumiga hujum»ning oldini olgan.
28 va 29 noyabr kunlari Tbilisi va Gurjistonning boşqa şaharlarida mamlakatning yevrointegratsiya tomon harakati töxtatib qöyilgani böyiça ommaviy norozilik namoyişlari bölib ötdi. Namoyişlar Irakliy Kobaxidze mamlakat 2028 yil oxiriga qadar Yevropa Ittifoqiga qöşiliş böyiça muzokaralardan voz keçişini e’lon qilgandan söng boşlandi.
Politsiya namoyişçilarni «vodomyot» va közni yoşlantiruvçi gazlarni qöllagan holda tarqatib yubordi. Ma’lum qilinişiça, politsiya aksiya iştirokçilariga kuç işlatgan, ularni kaltaklagan. Namoyişçilar esa bunga javoban huquq-tartibot xodimlariga turli buyumlar hamda pirotexnika vositalarini otgan.
Gurjiston Soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotlariga köra, 29 noyabr kungi namoyişlar jarayonida 40 kişi şifoxonaga yotqizilgan: 36 nafar namoyişçi, ikki nafar OAV va ikki nafar politsiya xodimi. News Georgia’ga köra, aksiyaning yuzlab iştirokçilari jabrlangan. IIVning ma’lum qilişiça, namoyişçilar bilan töqnaşuv vaqtida idoraning 10 nafar xodimi jarohat olgan, 150 dan ortiq aksiya iştirokçisi uşlangan.












