Vaşington Ukrainaga 725 million dollarlik yangi harbiy yordam paketiga uçuvçisiz havo vositalariga qarşi kuraş tizimlari va HIMARS yalpi öt oçiş reaktiv tizimlari uçun öq-dorilarni kiritiş niyatida. Bu haqda 2 dekabr, duşanba kuni AQŞ ma’muriyatidagi manbalarga tayanib, AP agentligi xabar berdi.

Agentlikning ikki suhbatdoşi HIMARS uçun öq-dorilar uzoq masofali ATACMS raketalarimi yoki boşqami, şu masalaga aniqlik kiritmadi. Kiyev Rossiya hududidagi nişonlarga zarba bera oladigan qöşimça raketalarni qidirmoqda.

AP xabariga köra, Amerika yordam paketiga piyodalarga qarşi minalar ham kiradi, ular yordamida Ukraina Rossiya qöşinlarining Kursk oblastida oldinga siljişiga tösqinlik qilişga umid qilmoqda.

Bir neça kun oldin Reuters agentligi AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Ukrainaga 725 million dollarlik harbiy yordam paketini tayyorlayotgani haqida xabar bergan edi, bu paketga AQŞ omboridagi tankka qarşi qurollar, minalar, dronlar, köçma Stinger ZRK uçun snaryadlar va HIMARS YaÖRT uçun öq-dorilar kiradi. Bularning barçasi Ukraina Qurolli kuçlariga Rossiyaning Ukraina şarqida sönggi oylarda kuçaygan hujumini uşlab turişda yordam berişi kerak.

AQŞ Ukrainaga yangi harbiy yordam ajratilişini e’lon qildi

Qöşma Ştatlar Rossiya agressiyasidan özini himoya qilayotgan Ukrainaga 275 million dollarlik qurol va harbiy texnikadan iborat qöşimça yordam paketini taqdim etmoqda. Bu haqda 20 noyabr kuni AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken bayonot berdi. Avvalroq AP agentligi manbalarga tayanib, Vaşingtonning Kiyevga yana 275 million dollarlik harbiy yordam paketini taqdim etiş rejalari haqida qöşimça ma’lumot bermasdan yozgan edi.

Aniqlik kiritilişiça, Ukrainaga navbatdagi yordam paketining ajratilişi AQŞ prezidenti Jo Bayden 26 sentabr kuni – Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy bilan Oq uyda uçraşuvi arafasida e’lon qilgan uşbu mamlakatga yordamni kengaytiriş doirasida amalga oşirilmoqda. 

Öşanda Bayden AQŞ Mudofaa vazirligiga Kongress tomonidan ma’qullangan mablağlar hisobidan Ukrainaga 5,5 milliard dollar miqdorida yordam yönaltirişni buyurdi, şunda uning ma’muriyati prezidentlik muddati tugagunga qadar «Kongress tomonidan ajratilgan mablağlardan töliq foydalanişi mumkin».

Şu kuni, 26 sentabrda Oq uy Pentagon Ukraina xavfsizligiga kömaklaşiş taşabbusi doirasida Kiyevga 2,4 milliard dollar ajratişini ma’lum qildi.