Ukraina NATOga tezkor taklifga umid qilişi kerak emas. Bu haqda 3 dekabr, seşanba kuni NATO taşqi işlar vazirlarining Bryusseldagi yiğilişi oldidan ötkazilgan matbuot anjumanida alyans boş kotibi Mark Ryutte aniq ma’lum qildi.
Boş kotib iyul oyida Vaşingtonda bölib ötgan alyans sammitida Ukraina a’zolikka «qaytib bölmas yöldan» borayotgani haqidagi va’dani yana bir bor ta’kidladi. Ryutte ta’kidlaganidek, yaqinlaşiş «bosqiçma-bosqiç» sodir bölmoqda. Uning sözlariga köra, hozirgi bosqiçda gap köproq Kiyevga harbiy yordam körsatiş haqida ketmoqda, «tinçlik jarayoni» qanday bölişi mumkinligini muhokama qiliş kamaydi. Ukraina Moskva bilan «kuçli pozitsiyadan turib» gaplaşişi kerak, deydi u.
Ryutte Kiyevga harbiy yordamni kuçaytirişga çaqirdi
Mark Ryutte transatlantik alyansga a’zo davlatlarni Kiyevga harbiy yordamni kuçaytirişga çaqirdi. «Biz hammamiz köproq iş qilişimiz kerak. Ukrainani harbiy qöllab-quvvatlaşimiz qançalik kuçli bölsa, uning muzokaralar stolidagi pozitsiyasi şunçalik mustahkam böladi», — dedi Ryutte.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin tinçlikdan manfaatdor emas, deya qöşimça qildi boş kotib. «U hujumni davom ettirmoqda va köproq hududni egallaşga harakat qilmoqda, çunki u Ukrainani va bizning irodamizni sindirişi mumkinligiga işonadi, lekin u notöğri öylayapti», — deya ta’kidladi alyans rahbari.
Zelenskiy NATOga a’zo böliş evaziga RF bilan uruşni muzlatişga tayyor
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 29 noyabr kuni e’lon qilingan Sky News telekanaliga bergan intervyusida, agar u nazorat qilayotgan mamlakat hududi «NATO soyaboni» ostiga olinsa, Kiyev Rossiya bilan uruşning «qaynoq fazasi»ni töxtatişga rozi bölişini aytib ötdi. U OAV xabarlariga şunday izoh berdi, unga köra, Donald Trampning uruşni tugatiş rejalaridan biri Ukrainaning NATOga a’zo bölişi evaziga Ukraina hududlarining bir qismini Rossiya nazorati ostida qoldiriş haqidagi kelişuv bölişi mumkin.
«Agar biz uruşning qaynoq bosqiçini töxtatmoqçi bölsak, NATO soyaboni ostidagi Ukraina hududiga ega bölişimiz kerak va keyin Ukraina işğol qilingan hududlarni diplomatik yöllar bilan qaytarib olişi mumkin», — dedi Volodimir Zelenskiy.
Alyansga a’zolik Rossiya prezidenti Vladimir Putinning boşqa hududlarni bosib oliş uçun «qaytib kelmasligini» ta’minlaydi. Agar siz NATOning xavfsizlik kafolatisiz uruşni şunçaki töxtatsangiz, u tez orada yana qayta boşlanadi, deb hisoblaydi Zelenskiy.








