Gurjistonda politsiya muxolifat partiyalarining ofislarida tintuv ötkazmoqda, deb xabar beradi Mtavari telekanali. Şuningdek, norozilik aksiyasi iştirokçilari va taşkilotçilari ma’lumot almaşadigan Facebookʼdagi «Daitove» guruhi administratorlarining uylarida ham tintuv ötkazilgani aytilmoqda.
OAV ma’lumotlariga köra, politsiya «Özgarişlar koalitsiyasi», «Droa» va «Girçi — köproq ozodlik» partiyalarining ofislari, şuningdek, sobiq prezident Mixail Saakaşvili tomonidan tuzilgan «Yagona milliy harakat» partiyasi ştablaridan birini közdan keçirgan.
Tintuvlardan keyin Mtavari asosçisi va «Özgarişlar uçun koalitsiya» yetakçilaridan Nika Gvaramiya hamda Gela Xasaya qölga olingan. Mahalliy naşrlarning ma’lum qilişiça, Gvaramiya qölga oliniş vaqtida kaltaklangan.
Tbilisida ketma-ket beş kundan beri hukumatning Gurjiston Yevropa Ittifoqiga qöşilişi böyiça muzokaralarni muzlatib qöygani bois norozilik namoyişlari bölib ötmoqda. Politsiya va maxsus xizmat kuçlari aksiyani «vodomyot» va közni yoşlantiruvçi gazlar yordamida tarqatmoqda. Hozirga qadar namoyişlarda iştirok etgan 200 dan ortiq inson qölga olingan.
«Exo Kavkaza» internet naşri xabariga köra, hukumatga qarşi namoyişlar nafaqat poytaxtda, balki Gurjistonning boşqa şaharlarida ham bölib ötmoqda. «Mediazona» Batumi va Kutaisidagi namoyişlar haqida xabar berdi.











