Airbus Yevropa aerokosmik korporatsiyasi mudofaa-kosmik bölinmasidagi 2 mingdan ziyod iş örnini qisqartiradi. Qisqarişlarning asosiy qismi Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Ispaniya hisobiga töğri keladi.
Oktyabr oyida Airbus kosmik segmentda davom etayotgan qiyin biznes muhitini saqlab qolgan holda bölinmaning taşkiliy tuzilmasida özgarişlarni rejalaştirayotgani haqida ogohlantirgandi. 5 dekabr kuni kompaniya bölinmaning 5 foizga yaqin ştati, ya’ni 2043 ta iş örni qisqarişini ma’lum qildi.
Qayd etilişiça, işdan böşatiladiganlarning yarmidan köpi — 1128 nafari kosmik segment hisobiga töğri keladi.
Airbus iş örinlarini qisqartiriş jarayonini 2026 yil örtalariga borib yakunlaş niyatida. Qisqartirişlarning deyarli barçasi boşqaruvni qöllab-quvvatlaş funksiyasiga taalluqli.
Ma’lumot uçun, joriy yil boşidan beri Airbus kapitalizatsiyasi 10,2 foizga oşgan.
Avvalroq Yevropa kompaniyalari iqtisodiy qulaş fonida minglab iş örinlarini qisqartirişni boşlagani töğrisida xabar berilgandi. Xususan, avtomobil ehtiyot qismlarini yetkazib beriş böyiça dunyodagi eng yirik kompaniyalardan biri hisoblangan Bosch 2027 yil oxiriga qadar 3,5 ming iş örnini qisqartirmoqçi.








