Janubiy Koreyaning hukmron «Xalq hokimiyati» partiyasi a’zolari Milliy assambleyada prezident Yun Sok Yolga impiçment e’lon qiliş taklifi böyiça ovoz beriş jarayonini boykot qilib, zalni tark etdi, deb xabar berdi Yonhap.
Qayd etilişiça, mamlakat birinçi xonimi Kim Gun Xiga nisbatan «korrupsiya va aralaşiş» ayblovlarini tekşiriş taklifiga ovoz bergan deputatlar navbatdagi ovoz beriş jarayonida qatnaşişdan boş tortgan holda zalni tark etgan.
Prezidentga impiçment töğrisida qaror qabul qiliş uçun deputatlarning 200 ta ovozini töplaş kerak, bu parlament a’zolari umumiy sonining 2/3 qismini taşkil qiladi. Milliy assambleyadagi 300 örindan 192 tasiga ega bölgan muxolifat bloki köpçilikni qölga kiritiş uçun hukmron «Xalq hokimiyati» partiyasidan kamida 8 deputatning qöllab-quvvatlaşiga muhtoj edi.
Yun Sok Yol 2022 yilgi prezident saylovida aynan «Xalq hokimiyati» partiyasi nomidan iştirok etib, ğalaba qozongan edi.
Prezident Yun Sok Yol 3 dekabr kuni muxolifatni «davlatga qarşi faoliyatga» aloqadorlikda ayblab, harbiy holat e’lon qildi. Şundan söng Mudofaa vazirligi harbiy xizmatçilari Milliy assambleya binosiga kirdi.
Parlamentning favqulodda yiğilişida harbiy holatni bekor qiliş taklifini 190 nafar deputat qöllab-quvvatladi. Milliy assambleya ma’muriyati rasmiylari ovoz berişdan keyin harbiy holat «öz kuçini yöqotdi» deb e’lon qildi.
Parlamentdagi ovoz berişdan söng, prezident öz fikrini özgartirdi, Vazirlar Mahkamasi yiğilişini çaqirdi va Vazirlar Mahkamasi roziligini olgandan keyin harbiy holat bekor etilganini e’lon qildi. Keyinçalik xalqdan uzr söradi.









