Toşkent viloyati Ekologiya atrof-muhitni muhofaza qiliş va iqlim özgarişi boşqarmasi hamda IIBB xodimlari hamkorligida Çirçiq daryosining Quyi Çirçiq tumani hududidan oqib ötuvçi qismida ekologik nazorat tadbirlari ötkazildi.

Tadbir davomida davlat raqami yeçib olingan yuklagiç yordamida qum-şağal aralaşmalarini Chakman rusumli yuk taşiş avtotransport vositasiga yuklab berayotgani aniqlangan.

Holatga inspektorlar tomonidan aniqlik kiritilganda, yuk taşuvçi avtotransport vositasi haydovçisi qum-şağal aralaşmalarini şu hududda joylaşgan «M.G.F.» MÇJga qaraşli toş maydalaş sexiga olib borib tökayotganini ma’lum qilgan.

Noruda foydali qazilmalarni qazib olişda yetkazilgan zarar «Noruda materiallarni noqonuniy qazib olişda tabiiy obektlarga yetkazilgan zararni hisoblaş tartibini takomillaştiriş töğrisida»gi hukumat qarori bilan tasdiqlangan nizom talablariga asosan hisob-kitob qilinganda 65 milliard 323 million sömni taşkil qilgan.

Noqonuniy qum-şağal aralaşmalarini qazib olişda iştirok etgan maxsus texnikalar Quyi Çirçiq tumanida joylaşgan jarima maydonçasiga vaqtinça joylaştirilgan. Uşbu holatga huquqiy baho beriş uçun töplangan hujjatlar Toşkent viloyati prokuraturasiga yuborilgan.