Bugun xalqaro fuqarolik aviatsiyasi kuni. Biz uşbu sohada mehnat qilayotgan minglab insonlarni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz. Ammo bugungi hikoyamizda aviatorlar emas, ularni kuzatuvçilar — aviaspotterlar haqida gaplaşamiz.

Uçuvçilar, styuardessalar, aeroportlarda samolyotlarga texnik xizmat qilayotganlardan taşqari aviatsiya olamida şunday insonlar borki, ular özlarining qimmatbaho vaqtini temir quşlar — samolyotlarni kuzatişga sarflaşadi. Ularni spotterlar deb ataşadi.

Spotterlik kasbi Ikkinçi jahon uruşiga bori taqaladi. Öşanda Britaniyada köngillilar duşman samolyotlarini durbinda kuzatiş, yönalişini aniqlaş va harbiylarga xabar beriş bilan şuğullanişgan. Keyinçalik harbiy sohada turli lokatorlar va radarlar ixtiro qilingaç, bunga zaruriyat yöqolgan.

Ammo vaqt ötişi bilan yengil fotoapparatlar öylab topilgaç, spotting maroqli bir maşğulotga aylandi. Dunyoda yuz minglab odamlar samolyotlarni kuzatiş va suratga oliş bilan şuğullanişadi.

Aviaspotting şunçaki hobbi emas. Bu samolyotlar, ularning modellari va yönalişlari haqida çuqur bilimni talab etuvçi bir san’at turiga aylanib bölgan.

Samarqand xalqaro aeroportida Air Marakanda aviakompaniyasi taşabbusi bilan uçinçi bor rasmiy spotting tur ötkazildi.

Kuzgi spotting turga ruspublikamizning barça göşalaridan 40 ga yaqin spotterlar taklif etildi.

Spotterlar uçiş-qöniş maydonçasiga çiqiş oldidan an’anaviy tarzda tekşirildi. Söngra ular bilan xavfsizlik qoidalari va spotting etikasi böyiça yöriqnoma-suhbat ötkazildi.

Spotterlarning iş qurollari köp emas: yaxşi professional fotokamera, durbin, smartfon yoki noutbuk. Smartfonda turli ilovalar orqali samolyotlarning harakatlari kuzatiladi. Samolyot aeroportning özida, uça boşlaganda yoki qönayotganda suratga olinadi.

Biz aeroportga kelgan yoş spotterlarni savolga tutdik. Aytiş joizki, ular yaqindan boşlab bu sohaga qiziqqan. Ularning orasida hali maktabda öqiyotgan yoşlar ham köpligi kişini quvontiradi.