«Siti» va «Barsa» yana oçko yöqotdi, Mbappe gol urişni boşladi
|17:04 / 08.12.202417 35821 min
«MYu» Amorim rahbarligida ham muvaffaqiyatsizlikka uçramoqda. Şanba oqşomida Yevropa futbolida röy bergan asosiy voqealar, öyinlardagi gollar va turnir jadvallaridagi vaziyat.
Xosep Gvardiola hafta örtasida uzoq kutilgan ğalabadan keyin yana tarkib borasidagi muammolardan yozğirib, Grilişdagi muammolar va yaqinda safga qaytgan Dokuni asraş zarurligi, uni har uç-tört kunda maydonga tuşira olmasligi haqida gapirdi. Ammo bu şanba kuni ötkazib yuborilgan tezkor gol oldida arzimas muammolar. «Mançester Siti» joriy mavsumda yettinçi bor raqiblariga dastlabki ön beş daqiqalikda hisobni oçişga imkon bermoqda va autsayderlarga xos bölgan bu körsatkiç borasida APLda yaqqol peşqadamlik qilmoqda.
«Kristal Pelas» qarşi hujumlarda yaxşi harakatlandi va öz muvaffaqiyatini rivojlantirişi ham mumkin edi. Lekin amaldagi çempionlar töpga egalik qilişdi. Töpni raqib hududida olib qöygan Gundöğanning zarbasi ustunga tegdi, köp ötmay Holand Mateus Nunesning uzatmasidan keyin boş bilan darvozani işğol qildi. Faqat bu öyinda buriliş yasamadi. Ikkinçi bölimda «Siti» yana hisobda ortda qola boşladi. 68-daqiqada Bernardu Silvaning pasidan keyin operativ kenglikka ega bölgan Lyuis töpni tösin ostidan törga kiritib, hisobni tenglaştirdi. Ammo uşbu himoyaçi 84-daqiqada zarurat bölmagan joyda fol işlatib, ikkinçi sariq kartoçkani olib, maydonni tark etdi va amaldagi çempionlar yana bir bor oçko yöqotdi.
«Mançester Siti» törtinçi örinda qoldi, ammo «Aston Villa» va «Nottinghem» bilan oradagi farq atigi ikki oçkoni taşkil etmoqda. Öz öyinini yakşanba kuni ötkazadigan «Brayton» ham YeÇLga yöllanma beradigan kvartetga yaqinlaşib olişi mumkin. Birminghemliklar esa çorşanba kuni turnir jadvalidagi qöşnisi «Brentford» bilan öyindagi ğalaba (3:1) evaziga inqirozli davrdan çiqib olgandi. Bu ğalaba «Villa» uçun 22 oktyabrdan buyon birinçisi bölgandi, bu oraliqda sakkiz uçraşuvdan iborat ğalabasi seriya qayd etilgandi. Şanba kuni esa Unai Emeri boşlanğiç tarkib uçun Duranni tanlagani özini oqladi. Odatda zaxiradan tuşib gol uradigan kolumbiyalik joker bu APLning bu mavsumida ilk bor boşlanğiç tarkibda maydonga tuşdi va bu hodisani öz goli bilan nişonladi.
Ruben Amorim hayron qoldirişda davom etib, yozgi yiğin çoğida jarohat olgan va endigina jarohatidan tuzalgan Yoroni boşlanğiç tarkibda tuşirdi. Fransiyalik vunderkind tuzalganidan keyin hafta örtasida «Arsenal» bilan öyinda zaxiradan maydonga tuşgandi. Şanba kungi öyin esa «Old Trafford» uçun şok holati bilan boşlandi — Milenkoviç burçakdan uzatilgan töpni boş bilan darvozaga yölladi. Hoylund ança tez muvozanatni tikladi, tanaffus arafasida esa Brunu Fernandeşning jarima zarbasidan keyin darvozabon va tösin mehmonlarni goldan qutqarib qoldi.
Ikkinçi bölimda esa «qizil iblislar»ni bir neça daqiqalik dahşat kutayotgandi. Barçasi Fernandeş öz jamoasi jarima maydoni yaqinida xatoga yöl qöyişi bilan boşlanib, şundan keyin Onana Gibbs-Uaytning özi turgan tomonga yöllangan zarbasini ötkazib yubordi. Töp yöl-yölakay trayektoriyasini özgartirdi, ammo u darvozaga markazdan kelgandi va darvozabonning yonidan ötib ketdi.
Vudning golida Lisandro Martines darvoza çiziği ustida töpni töxtatib qololmadi. APLda «Nottinghem» safidagi 25-golini urgan va klub tarixidagi eng yaxşi töpurarga aylangan uşbu tajribali forvard özining 33 yillik tuğilgan kuniga şunday sovğa hozirlagandi.
Diallo himoyaçilarni aldab ötib bergan pasidan keyin Fernandeş urgan çiroyli gol esa natijaga ta’sir körsatmadi. Portugaliyalik murabbiylar duelida ustun kelgan Nunu Eşpirinu Santu «örmonçilar» tarixiga 114 yil içida Angliya çempionatida «MYu»ga qarşi ötkazilgan dastlabki ikki uçraşuvida ham ğalaba qozongan ilk mutaxassis sifatida kirdi. «Nottinghem» «Old Trafford»da sönggi öttiz yil içida ilk bor ğalabaga erişdi, «MYu» esa ön beş turdan keyin 1986/87 yillar mavsumidan buyon eng quyi örinda (13) joylaşgan.
Ispaniya: Pellegrini va Mbappening yorqin yubileylari
«Betis»ning birinçi raqamli posboni Ruy Silva çigalyozdi maşğulotlari çoğida jarohatlanib, közda yoş bilan maydonni tark etgaç, mezbonlar şoşilinç ravişda Viyetesni öyinga tayyorlaşga majbur bölişdi. Lekin diqqat markazida hafta örtasida ham Ispaniya Kubogida darvozani qöriqlagan uşbu posbon emas, balki Inyaki Penya böldi. «Barsa» darvozaboni kök-anorranglilar tarbiyalanuvçisi Azzalzuliyning zarbasidan keyin bor mahoratini işga solişi talab etildi. Bundan taşqari, bundan bir neça daqiqa oldin hamma işga ulguradigan Rafinya töpni darvoza çiziği ustidan qaytarib qolgandi. Öyinni kuçli boşlagan mezbonlar tom ma’noda şu kuni xorijlik mutaxassislar orasida la ligada 500-öyinini ötkazgan ilk murabbiyga aylangan Manuel Pellegriniga sovğa qilişni közlagandi.
Ammo bu oson iş emasdi, «Barsa» «Benito Vilyamarin»da 16 yildan buyon mağlub bölmayapti. Kataloniyaliklar öyinni nazoratga olişdi va tanaffus arafasida Hansi Flikning rotatsiyasi özini oqladi. Germaniyalik mutaxassis hafta örtasida «Malyorka»ga qarşi öyinda hujum markazida Levandovski örniga Ferran Torresni tuşirgan va uzoq muddatlik tanaffusdan keyin maydonga qaytgan hujumçi gol urgandi. Dam berilgan polşalik hujumçi esa şanba kungi öyinda Yamal va Pedri uyuştirgan kombinatsiya davomida Kunde qanotdan oşirgan töpni darvozaga yölladi. Darvozabondan boşlangan golli kombinatsiya «Barsa» uçun 2021 yildan buyon eng uzoq davom etgan hujumga aylandi va bu hujam davomida 27 bor aniq uzatma amalga oşirildi.
Pellegrini esa tanaffusda öz jamoasiga kerakli körsatmalarni berdi va jamoa yana oldinga taşlandi. Penya qahramonlik körsatişda davom etdi, ammo Lo Çelsoning penalti zarbasi qarşisida ojiz qoldi. Bunga ikkinçi bölimda tuşirilgan Frenki de Yong jarima maydoni içida kataloniyaliklar katta va’dalar bilan olib kelgan va moliyaviy muammolar tufayli bir mavsum ötib sotib yuborgan Vitor Rokening oyoğini bosib olgani sabab böldi.
Flikning esa bunga asablari doş bermadi va qizil kartoçka olib, öyinni uzoqroqdan tomoşa qilişga majbur böldi. Yamalning navbatdagi dohiyona pasidan keyin ofsayd qopqonidan qutulib qolgan Torres urgan gol ğalaba golidek köringandi, ammo arbitr tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda Diaoning zarbasidan keyin hisob tenglaşdi.
Sevilyadagi durang hafta davomida ikkinçi bor turnir jadvalidagi kuçlar nisbatini özgartirib yubordi va hafta örtasida Bilbaoda yutqazgan «Real» yana soyadagi yetakçi maqomini öziga qaytardi. Birinçi bölim qiyin keçdi, ammo bölimning ikkinçi yarmida madridliklar öyinni kuçaytirib, natijani ta’minladi. Braim Dias çap qanotda Vinisius Junior uslubida oldinga yurib, pas berdi, töp himoyaçiga tekkan bölsa-da, unga ega çiqqan Bellinghem faoliyatida ilk bor qatorasiga beş turda gol urdi.
Aynan Jud ikkinçi bölim boşida töpga bir teginişda mehmonlarning hisobdagi ustunligini oşirgan Arda Gulerga uzatma berdi. Faqat bu goldan biroz ötib angliyalik yarimhimoyaçi van de Bek bilan töqnaşuvdan keyin özini yomon his qilib almaştirildi. Bölim oxirida esa Mendi ham maydonni şifokorlar hamrohligida tark etdi.
Şunga qaramay, madridlik muxlislar ğalabadan taşqari yana ikki voqeadan xursand bölişi mumkin. Birinçidan, Mbappe top-5 ligalarda 200-golini urdi, fransuz hujumçisi Modriçning aqlli pasidan keyin himoyaçilar ortida oçilib, öyinga nuqta qöydi. Ikkinçidan, yoş forvard Daniel Yanes şu kuni debyutini amalga oşirdi. 17 yoşu 254 kunligida u «Real»ning 2015 yildan buyon eng yoş debyutantiga aylandi, öşanda Ançelotti maydonga 16 yoşli Martin Edegorni tuşirgandi. Asosiysi esa — yöqotilgan oçkolarga köra Madrid yana turnir jadvalidagi ehtimoliy yetakçiga aylandi, «Valensiya»ga qarşi qoldirilgan öyindagi ehtimoliy uç oçko evaziga «Barselona» ortda qoldirilişi mumkin.
Tiagu Motta tarixda ilk bor Çempionlar ligasiga olib çiqqan jamoaga qarşi öyin hozirda «Yuventus»ga boş murabbiylik qilayotgan mutaxassisga ijobiy hissiyotlar taqdim etmadi. «Bolonya» ilk daqiqalardanoq xavfliroq körindi va birinçi bölimda hisobda oldinga çiqib oldi. Birinçi bölimdagi muammolar Ndoyaning goli bilan çeklanmasligi ham mumkin edi, ammo arbitr va VAR «sönggi umid foli»ni işlatgan Kaluluga qizil kartoçka körsatmadi.
Fajioli esa ajoyib yuriş amalga oşirgan Fransişku Konseysauning pasini yöqqa çiqarib, töpni darvoza tösini ustidan oşirib tepdi. Ikkinçi bölimda ham köp narsa özgarmadi, Motta hissiyotlarini jilovlay olmadi va ketma-ket sariq kartoçkalar olib, tribunalar ostiga yöl oldi. Bundan bir neça daqiqa ötib byankonerilar mudofaada qöpol xatoga yöl qöyişdi va Pobege yakkama-yakka vaziyatga çiqib borib, ikkinçi golni urdi. Ammo «Keksa sinioralar» qiyin vaziyatdan çiqib ketişdi.
Danilu hujumga qöşilib, jarima maydoni markazidan darvozani öqqa tutgan Kopmaynersni qulay pas bilan ta’minladi. Qöşimça daqiqalarda esa turinliklar safida sönggi uç öyinni ötkazib yuborgan Vlahoviç jamoadagi örni naqadar muhimligini eslatib qöydi. Serbiyalik hujumçi öng qanotdan katta tezlik bilan oldinga yurdi va şeriklari yetib kelgaç, uzoq ustun tomon aylanma pas yölladi, u yerda esa Mbangula osonlik bilan darvozani işğol etdi. «Yuve» xarakter körsatdi, ammo qatorasiga ikkinçi turda ham «Latsio»ni beşinçi örindan tuşira olmayapti. Endi yakşanba kuni Neapolga safar qiladigan rimliklarda oradagi farqni oşiriş imkoniyati böladi.
«Bavariya» hafta örtasida Çempionlar ligasida «Şaxtyor» mehmoni böladi, şu tufayli Vensan Kompani autsayder raqibga qarşi aralaş tarkib tuşirdi, unda hujum markazida hali jarohatidan tuzilmagan Keyn örnini Myuller egalladi. Va Upamekano burçak zarbasi uzatilganidan keyin hisobni oçganida, peşqadam jamoada bu öyinda heç qanday muammo bölmaydigandek tasavvur uyğongandi. Ammo ikkinçi bölim «Haydenhaym»ning javob goli bilan boşlandi va myunxenliklar öz yulduzlarisiz öyinni hal qila olmasligi ma’lum böldi. Musiala maydonga tuşişi bilan vaziyat özgardi va uç daqiqa ötib aynan u «Bavariya»ni hisobda oldinga olib çiqdi. Olisening pasidan keyin uşbu yarimhimoyaçi keng hududga ega böldi va uzoq masofadan yaqin burçakni aniq nişonga oldi. Xuddi şu Musiala qöşimça daqiqalarda hisobdagi quvlaşmaçoqqa va öyinga yakun yasovçi golga mualliflik qildi. Jamal bu mavsumda barça turnirlar doirasidagi gollari sonini 12 taga yetkazdi va hozirning özidayoq ötgan mavsumdagi natijasini takrorladi, «Bavariya» esa ikkinçi örin bilan oradagi farqni olti oçkoga yetkazdi.
Yana oldingidek öynay boşlagan «Bayyer» osonlik bilan qatorasiga törtinçi ğalabasiga erişdi, Virs ham mavsumdagi öninçi golini şu qadar osonlik bilan urdi. U jarima maydoniga yorib kirib, töpni «Sankt-Pauli» himoyaçilari oyoqlari orasidan ötkazdi. Burçak zarbasidan keyin Ta urgan gol muvaffaqiyatni mustahkamladi, ammo yakunda leverkuzenliklar baribir muxlislarini biroz taşvişlanişga majbur qildi. Hamburgdan kelgan jamoa oradagi farqni qisqartirdi va hakam tomonidan qöşib berilgan daqiqalarda mağlubiyatdan qutulib qolişi ham mumkin edi. Ammo barçasi mezbonlar uçun yaxşi yakunlandi, «Ayntraxt» parallel uçraşuvda durang öynab qöygani esa «aspirinçilar» jamoasi ikkinçi örin bilan oradagi farqni bir oçkogaça qisqartirişiga imkon berdi. Habi Alonsoning jamoasida işlar yaxşilanmoqda, frankfurtliklar esa haftani juda yomon ötkazişdi. «Burgutlar» avvaliga Germaniya kubogini tark etgandi, endi esa ön uçinçi örindagi jamoaga qarşi öyinda qiyinçilik bilan durangga erişdi.
Çempionlar ligasiga yöllanma beruvçi törtinçi örinni esa «Leypsig» özida saqlab qoldi. Holbuki «hökizlar» jamoasi bir hafta oldin ham inqiroz holatida qolayotgandi va qatorasiga olti öyinda ğalaba neligini bilmagandi. Kubok öyinida bu noxuş seriyaga barham berilib, «Ayntraxt» yirik hisobda tor-mor etildi (3:0). Bu muvaffaqiyat Marko Roze jamoasiga ğalaba hissini keltirdi va çorşanba kungi öyinda hisobni oçgan Şeşko «Holştayn» darvozasiga ham birinçi golni urdi. Şundan keyin jamoa muxlislari öz e’tiborini beşinçi örinda ta’qib qilayotgan jamoa öyiniga qaratişi mumkin edi.
Ikki «Borussiya» derbisi natijasiga köra dortmundliklar «Leypsig»dan uç oçkoga ortda qolib ketdi. «Asalarilar» bundesligada safar öyinlari kompleksidan baribir xalos bölolmayapti, holbuki safar öyinlaridagi oltinçi urinişda ğalaba uçun imkon yuzaga kelgandi. Birinçidan, Bayn-Gittensning goli evaziga qölga kiritilgan ustunlikni Grossning foli tufayli saqlab qolişning imkoni bölmadi, u darvoza yaqinida Klyayndinstni yiqitdi. Ikkinçidan, qöşimça daqiqalarda Girassining zarbasidan keyin töp darvoza ustuni yonidan bir neça santimetr masofada ötib ketdi. Boşqa tomondan, hisob 1:1 ekanida tarozi pallasi gladbahliklar tomon oğişi ham mumkin edi, ammo Kobel Xakning zarbasidan keyin töpni tösinga yönaltirib yubordi.